OCHL. Server Jeparov - eng ko'p xavfli vaziyat yaratgan futbolchi
16 fev 2018 13:01
Yangiliklar


OCHL. Server Jeparov - eng ko'p xavfli vaziyat yaratgan futbolchi
Eronning "Istiqlol" klubida o'ynayotgan yarim himoyachi Server Jeparov OCHL 1-tur bahslarida eng ko'p xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirgan futbolchi deb topildi.
Bu haqda OFK rasmiy sayti xabar bermoqda. "Istiqlol" 1-turni Doxada "Al Rayan"ga qarshi o'tkazib, 2:2 hisobini qayd etdi. Mutaxassislar hisobiga ko'ra, Jeparov mazkur bellashuvda olti bor golli vaziyatni yuzaga keltirgan. Bunday natijani boshqa klublardan hech bir futbolchi qayd etmadi. Malumot uchun, Jeparov Eron klubida 20-raqam ostida harakat qiladi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar

Fikrlar