So’nggi yangiliklar

01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  0 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  5 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  2 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  15 20:51Аббос Файзуллаев: "Олимпиадага ҳеч ким мағлубиятга учраймиз ёки гуруҳда қолиб кетамиз деган мақсадда келмайди"  25

OCHL pley-off o'yini. Jamoalarimiz tayyormi? "Nasaf" haqida Yangiliklar

OCHL pley-off o'yini. Jamoalarimiz tayyormi? "Nasaf" haqida

Teglar :  NasafAl Faysali
"Al Faysali"ga qarshi maydonga tushib guruh bosqichiga yo'llanma beruvchi yagona o'yinda kurash olib boradigan Qarshining "Nasaf" jamoasining bo'lajak bahslarga ko'rgan hozirligi haqida malumot berib o'tamiz.

Xo'sh, R.Berdiev shogirdlari bo'lajak muhim bellashuvga qanchalar tayyor? Raqibi bo'lmish Iordaniyaning "Al-Faysali" jamoasi haqida nimalar bilamiz? SHu va shunga o'xshash savollarga javob izlashga urinib ko'ramiz.

Oldinga o'tib shuni aytish lozimki, garchi qarshiliklar tarkibida sezirlarli yo'qotishlar yuz bergan bo'lsada, jamoa yagona o'yindan iborat o'tish uchrashuvini o'z maydonida o'tkazadi. Ustiga ustak, jamoa raqibi "Al-Faysali"ga bo'lgan hurmatni saqlagan holda aytish mumkinki, iordaniyalikdar garchi o'z mamlakatida etakchi jamoalar qatorida zikr etilsada, qita top klublari safiga kirmaydi va ularni hatto "Nasaf"ning bugungi tarkibi ham qiyinchiliksiz mag'lub eta oladi deb o'ylayman.

Tayyorgarlik haqida. 2017 yilgi mavsumning so'nggi o'yinini 25-noyabr kuni Namanganda "Navbahor"ga qarshi o'tkazgan "ajdarlar" rasmiy o'yinlarga yakun yasab tatilga chiqqandi. 20 kun dam olgan nasafchilar 15 dekabr kuni yangi mavsumga tayyorgarlikni o'z qarorgohida boshlashdi va yangi yilga qadar Qarshida shug'ullanishdi. Yig'in davomida 22 va 23-dekabr kunlari Qarshida "U-23" terma jamoasiga qarshi ikkita nazorat o'yini tashkil etildi. Qiziqarli kechgan bahsda R.Haydarov shogirdlari endigina tatildan qatgan "ajdar"larga imkon qoldirmay dastlabki o'yinda yirik 3:0, ikkinchi bahsda esa 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan qisqa muddatga tatilga chiqqan jamoa azolari 3-yanvardan yana mashg'ulotlarga qaytdi. Ikkinchi yig'in yakunida Toshkentda Jizzaxning "So'g'diyona" jamoasi bilan zrtoqlik uchrashuvi tashkil etildi va unda qarshiliklar yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi.

9-22 yanvardan boshlab esa "Nasaf"ning xorij yig'ini boshlandi. Manzil sifatida Turkiyaning Belek shahri tanlandi.  Yig'in davomida 6 ta nazorat bellashuvi tashkil etildi. Dastlab, 12-yanvarda Turkiya qo'yi divizion vakili bo'lgan “Tarsus Idman Yurdu” jamoasini 2:0 hisobida mag'lub etgan R.Berdiev shogirdlari, 13-yanvar kuni Ukraina oliy divizionida 3-o'rinda borayotgan "Vorskla"ga qarshi maydonga tushdi va 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi. Turkiya yig'ini doirasidagi uchinchi raqib Qozog'iston yuqori ligasi vakili "SHaxtyor" klubi bo'ldi. 14-yanvar kuni bo'lib o'tgan o'yinda "ajdarlar" 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchradi. 18-yanvar kuni navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvi doirasida  Albaniya super-ligasi ishtirokchisi "Lyuftetari" jamoasi bilan bahs olib borildi. Qiziqarli kechgan bellashuv 1:1 hisobidagi durang bilan o'z yakuniga etdi. SHu kuni o'tkazilgan yana bir bellashuvda Qozog'iston birinchi ligasi vakili "Qiziljar" jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyat boy berildi. Va nihoyat 21-yanvar kuni, Turkiya yig'inidagi so'nggi nazorat o'yinida  Iroq premer-ligasi ishtirokchisi, to'rt karra mamlakat chempioni "Arbil" klubiga 2:1 hisobida mag'lub etildi. Turkiya yig'inidan qaytib kelgan jamoa o'z qarorgohida bo'lajak bahsga hozirlik ko'rmoqda.

Garchi, Turkiya yig'inida jamoaning Xitoydagi Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan azolari qatnashmagan bo'lsada, R.Berdiev jamoaga qo'shilgan yangi futbolchilar va yoshlar jamoasidan jalb qilangan futbolchilar imkoniyatlarini sinovdan o'tkazib oldi.

Transfer siyosati. Jamoaga qo'shilgan futbolchilar. "Ajdarlar" yangi mavsumda muvaffaqiyatli qatnashish uchun jamoani tark etgan futbolchilar o'rnini munosib to'ldirishga harakat qildi. Jamoa tarkibiga legionerlardan serbiyalik himoyachi Slavko Lukich va tojikistonlik yarim himoyachi Jahongir Alievlar qo'shib olindi. Mahalliy futbolchilardan esa, "So'g'diyona" jamoasi etakchisi Sanjar Rashidov, "Metallurg" vakillari Mirg'iyos Sulaymonov va Murodjon Toshmatovlar bilan shartnoma imzolandi. Qizig'i, "Nasaf" sobiq madanchilarni OCHL "zayavka"siga kiritgan bo'lsada, so'nggi xabarlarga ko'ra, M.Toshmatov va M.Sulaymonov "Bunyodkor" mashg'ulotlariga qo'shilgan. SHuningdek, jamoa mashg'ulotlarida akademiya tarbiyalanuvchilaridan bir guruhi qo'shilgan.


Jamoani tark etgan futbolchilar haqida gapiradigan bo'lsak, avvalo "Paxtakor"ga yo'l olgan asosiy tarkibning to'rt vakilini qayd etib o'tish lozim. Farrux Sayfiev, Bahrom Abdurahimov, Dilshod Rahmatullaev va Akmal SHorahmedovlar yakunlangan mavsumda "Nasaf" g'alabalariga katta hissa qo'shgan futbolchilar hisoblanishar edi. Yana bir himoyachi Saydullo Rahmatov va hujumchi SHahboz Erkinovlar ham o'z omadini boshqa jamoada sinab ko'rishni lozim topib mos ravishda "AGMK" va "Buxoro" mashg'ulotlariga qo'shilishdi.
Olib borilgan transfer siyosatiga baho beradigan bo'lsak, "ajdarlar" imkon qadar ketganlar o'rnini to'ldirishga harakat qildi. Jamoa zahira o'rindig'i ancha torayib qolganlini aytmasa, jamoa kuchli 15 ta futbolchiga ega. Qolaversa, o'tgan yili asta-sekin asosiy tarkibda maydonga tusha boshlagan bir qancha yoshlar, bu yil jamoa asosiy tarkibining to'laqonli azosiga aylanadi.

Raqib haqida. "Al-Faysali" - Amman shahri sharafini himoya qiladi va 1932 yil tashkil etilgan. Iordaniya PRO-ligasi ishtirokchisi. “Al Faysaliy” klubi mamlakat chempionatida etakchi klub hisoblanadi. Ammanliklar o'z tarixida 32 karra chempionlikni, 18 karra federaciya kubogini, 15 marta superkubokni va ikki marta OFK kubogini qo'lga kiritganlar. Tarkibida legionerlardan Hasan al-SHayx (Katar), Dominik (Senegal) va Lukas (Polsha) bor.

Iordaniya PRO-ligasida 12-turdan keyin 6 ta g'alaba, 4 ta durang va 2 ta mag'lubiyat qayd etib, 24 ochko to'plagan jamoa turnir jadvalining to'rtinchi o'rnida bormoqda va peshqadam "Al-Vihdat"dan 5 ochko ortda qolmoqda. Aytish lozimki, jamoada so'nggi paytlarda bir-biridan qiziq o'zgarishlar sodir bo'lmoqda.

20 dekabr kuni tarqatilgan xabarga ko'ra, FIFAdan klub nomiga kelgan rasmiy xat kelgan va unga ko'ra, jamoaning to'rt nafar etakchi o'yinchisi bir yil muddatga (2017 yil 14 avgustdan 2018 yil 14 avgustgacha) har qanday futbol uchrashuvida maydonga tushishiga taqiq qo'yildi. Bular Movtaz Yosin, Baxa Abdul Rahmon Ibrohim, Ibrohim Dledum Zavahra va liviyalik legioner futbolchi Akram Zuilardir. SHuningdek klub rahbariyatidan Sulaymon Al Assof ikki yil muddatga futboldan chetlatilgan.

Jamoa boshqaruvida ham qo'nimsizlik kuzatiladi. Bungacha esa jamoa Iordaniya Kubogi yarim finalida “Al-Jazira”ga imkoniyatni boy bergach, jamoani shu 2017 yilning sentyabr oyida qabul qilib olgan xorvatiyalik murabbiyi Dragan Talajich istefoga chiqarilgan edi. Yangi yilning dastlabki kunlarida tarqatilgan xabarlarga ko'ra, jamoa bosh murabbiyligiga Nabil Kukini taklif etilgan edi. Ammanliklar yurtimizga esa umuman boshqa murabbiy bilan tashrif buyurdi. O'tgan yili jamoada ishni boshlagan, keyinchalik esa Misrga ketib yana Ammanga qaytib kelgan Neboysa Yovovich bo'lajak bahsga "Al-Faysali"ni tayyorlayapti SHuningdek, yaqinda jamoa tarkibiga albaniyalik yarim himoyachi Alban Meha kelib qo'shildi.

O'zaro to'qnashuvlar. Umuman olganda "Al-Faysali" klubi "ajdarlar"ga notanish emas. Mazkur jamoalar bungacha OFK kubogining nimchorak finalida to'qnash kelishgan. 2011 yilning 24-mayida, Qarshida bo'lib o'tgan o'zaro uchrashuvda "Nasaf" o'z raqibini 2:1 hisobida mag'lub etgan va chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritgan. Yana bir qiziq fakt: "Al Faysali" "Nasaf"ga qarshi o'yindan keyin, aniqrog'i, 2011 yildan 2017 yilga qadar  oz emas, ko'p emas naqd 21 nafar murabbiyni istefoga chiqardi. Bu esa jamoa barqarorligiga putur etganligidan darak beradi. Eng qizig'i "Al Faysali" o'z tarixida ikki marta OFK kubogini qo'lga kiritgan. Jamoa Qarshida mag'lub bo'lsa ham, OFK Kubogi-2018 dagi ishtirokini saqlab qolaveradi.

"Al-Faysali" Qarshiga kelishdan oldin, Iordaniya premer-ligasi 12-turi doirasidagi uchrashuvni o'tkazdi. CHempionat autsayderi "Al-Yarmuk" jamoasi mehmoni bo'lgan ammanliklar 2:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuvdagi dastlabki golni 17-raqam ostida harakatlangan himoyachi Salim Alajalin 12-daqiqada urdi. Ikkinchi golni esa 37-daqiqada, 99-raqam ostida to'p tepadigan polshalik hujumchi Lukash Gikevich urdi.


Hakamlar. 30 yanvar kuni Qarshi shahridagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadigan va mahalliy vaqt bilan 16:00da boshlanadigan bellashuvda yaponiyalik hakamlar guruhi ishlaydi. FIFA hakami Xiroyuki Kimuri boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari Ochi SHinji va Takagi Takumilar yordam berishadi. Uchrashuvda zaxira hakami sifatida tojikistonlik hakam Nasrullo Kabirov ishlaydi. Hakamlar ishini Ali Hamad Badvaviy (BAA) nazorat qiladi. Uchrashuvda butanlik Dorji Mindu komissarlik qiladi.  

Qaysi guruhdan joy olishi mumkin. "Nasaf" - "Al-Faysali" qarama-qarshiligi g'olibi OCHLning "S" guruhidan o'rin oladi. Ushbu guruhda Eronning "Persepolis", Qatarning "Al Sadd" va BAAning "Al Vasl" kabi klublar joy olgan.

Umid qilamiz, "Nasaf" jamoasi o'z muxlislarini xursand qilgan holda 2018 yildagi dastlabki uy uchrashuvini g'alaba bilan yakunlab, yurtimizda davom etayotgan futbol bayramiga o'ziga xos hissa qo'shadi.  Yangi futbol mavsumining ilk rasmiy  uchrashuvi sanalgan "Nasaf" - "Al Faysali" bahsiga bo'lgan qiziqish juda katta. O'yinga chiqarilgan chiptalarning ham aksariyati sotib bo'lindi. Bo'lajak bahsda o'z tenqurlari orasida Osiyo chempionligini qo'lga kiritilishida ulkan hissa qo'shgan va qorli maydonda to'p tepish hadisini olgan Azizjon G'aniev, Doniyor Narzullaev, Odiljon Hamrobekov va Bobur Abduholiqovlarning ishtirok eta olishi "ajdarlar" kayfiyatini yanada ko'tarilishiga turtki bersa ajab emas.  


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика