OCHL pley-off. "Bunyodkor" - "Al Jazira" oldidan
16 fev 2015 16:09
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/162330_original.jpg)
![](/upload/storage/162330_220.jpg)
OCHL pley-off. "Bunyodkor" - "Al Jazira" oldidan
Ertaga Osiyo chempionlar ligasining pley-off bahslari bo'lib o'tadi va bunda g'alaba qozongan jamoalar guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.
Ertaga G'arb mintaqasida to'rtta uchrashuv bo'lib o'tadi. Toshkentning "Bunyodkor" futbol klubi o'z maydonida BAAning "Al Jazira" jamoasi bilan kuch sinashadi.
"Bunyodkor" - "Al Jazira"
G'olib "A" guruhiga yo'l oladi ("Al Nasr", "Laxviya", "Piruzi")
2005 yil tashkil topgan "Bunyodkor" 2008 yildan beri OCHLda ishtirok etib kelmoqda va bungacha har doim guruhdan chiqib kelgan. Ertaga bu jamoa BAAning "Al Jazira" klubiga qarshi maydonga tushadi. "Bunyodkor" o'tgan yil ichki chempionatda to'rtinchi o'rinni egalladi va Kubok finalida "Lokomotiv"ga mag'lub bo'ldi.
OCHLdagi ishtiroki: 2008 (yarim final), 2009 (chorak final), 2010 (1/16 final), 2011 (1/16 final), 2012 (yarim final), 2013 (1/16 final), 2014 (1/16 final).
"Al Jazira" esa BAA Pro-ligasida uchinchi o'rinni egallab, OCHL pley-offiga yo'llanma oldi. O'tgan mavsum ushbu musobaqada qatnashgan "Al Jazira" guruhdan chiqqan, biroq keyingi bosqichda "Al Ayn"dan mag'lubiyatga uchragandi.
OCHLdagi ishtiroki: 2009 (guruh bosqichi), 2010 (guruh bosqichi), 2011 (guruh bosqichi), 2012 (1/16 final), 2013 (guruh bosqichi), 2014 (1/16 final).

![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar