Flik Realni o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
05 avg 2024 07:32
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/798050_original.jpg)
![](/upload/storage/798050_220.jpg)
Flik Realni o'rtoqlik uchrashuvida mag'lub etganidan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi
Barselona ustozi Xans-Diter Flik kechagi uchrashuvdan ko'ngli to'lganini malum qildi.
- Birinchi Klasiko haqida? «Real»ga qarshi o'ynash – har doim zo'r.
– Jamoangiz o'yini haqida nima deya olasiz?
– «Man Siti»ga qarshi o'yinimiz bilan taqqoslaganda biz ancha yaxshi ko'rindik. O'yinni nazorat qilgan paytimizdagi harakatlarimiz menga juda yoqdi. Taassurotlarim yaxshi. Bu shunchaki repeticiya bo'lsa-da, biz yaxshi o'ynadik.
Pau Viktor? U 2 o'yinda 3ta golga mualliflik qildi. Yomonmas. U o'z ishini yaxshi bajarmoqda. Uning asosiy jamoada qolishi aniqmi? Ko'ramiz, asosiy tarkib uchun eshik doim ochiq, - dedi Kataloniya klubi bosh murabbiyi.
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
O’xshash yangiliklar
10:09
Flik "Barselona"ning "Sevilya" ustidan qo'lga kiritgan yirik hisobdagi g'alabasi haqida nima dedi? 7
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar