So’nggi yangiliklar

19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  7 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  10 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  2 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  5 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  5 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  0 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  7

Grigoriy Kolosovskiy: "Endi biz maydonga chiqadigan har bir o'yin final bo'lishi kerak" Yangiliklar

Grigoriy Kolosovskiy: "Endi biz maydonga chiqadigan har bir o'yin final bo'lishi kerak"

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Grigoriy Kolosovskiy matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Guvohi bo'lganingizdek, og'ir o'yin o'tkazdik. Uchrashuv boshidayoq chetlatishga duch kelganimiz rejalarni o'zgartirib yubordi. Qarshi hujumlarda omadimizni sinab ko'rishga harakat qildik. Bitta zo'r vaziyatimiz bo'ldi, gol urganimizda boshqacha o'yin bo'lardi.

- Natija sizni qoniqtirdimi?

- Natija borasida aytsam, albatta yo'q. Lekin o'yin borasida qoniqdim desam ham bo'ladi. CHunki biz deyarli ikki bo'lim kamchilia bo'lib o'ynashga majbur bo'ldik. Ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor, bugun ko'rib oldik va tahlil qilamiz.

- Qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatga munosabatingiz?

- Vaziyatni to'g'ridan-to'g'ri ko'rmay qoldim. Bu futbol va unda mana shunaqa o'yin epizodlari ham bo'lib turadi. Video takrorni ko'rib, xulosa chiqaramiz.

- Jamoadagi mavjud tarkibdan qoniqish hosil qilayapmizmi?

- Jamoada yomon yigitlar jam bo'lmagan. Aytib o'tganimdek, ishlashimiz kerak bo'lgan jihatlar bor. Masalan bugun yaxshi himoyalandik, bu umumiy o'yin sifatiga va natijaga tasir qildi. Tahlil qilamiz, jamoani kuchaytirish borasida ishlaymiz.

- "Metallurg"ni Superligada olib qolish uchun fursat etarlimi?

- Bugun o'z maydonimizda asosiy raqiblardan biri bilan o'yinda g'alabaga erisha olmadik. Istalgan murabbiy bunday natijadan qoniqmaydi. Jamoani Superliga olib qolish uchun endi biz maydonga chiqadigan har bir o'yin final bo'lishi kerak. Zimmamizdagi vazifa shunga qaratilgan. Oldindagi o'yinlarda ijobiy natijalarga erishib, maqsad tomon intilamiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика