So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  10 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  12 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

OCHL-2020. Masharipov qizil kartochka olgan o'yinda "Paxtakor" "Persepolis"ga mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi Yangiliklar

OCHL-2020. Masharipov qizil kartochka olgan o'yinda "Paxtakor" "Persepolis"ga mag'lub bo'lib musobaqani tark etdi

Osiyo chempionlar ligasi chorak finali doirasidagi "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

 
Osiyo chempionlar ligasi, 1/4 final.
"PERSEPOLIS" (Eron) - "PAXTAKOR" (O'zbekiston) - 2:0
30 sentyabr 2020 yil. Doha. "Jassim bin Hamad" stadioni. 22:45 (Toshkent vaqti).
Bosh hakam:
Adham Muhammad Mahadmeh (Iordaniya)
Qanot hakamlari: Ahmad Moannes Nadi Alroalle, Muhammad Mustafo Hassan Al Kalaf (ikkisi Iordaniya)
Zaxira hakami: Ali Sabah Adday Al Qaysi (Iroq)
Nazoratchi: Hoqon Anaz (Avstraliya).

Gollar: Isa Alkasir 50, - 1:0. Isa Alkasir 66, - 2:0.

"Persepolis": 81.Hamed Lak, 3.SHojae Xalilzoda, 5.Bashar Resan (2.Omid Alishah, 67), 6.Hussayin Kanani, 8.Ahmad Nurullohi (66.Milad Sarlak, 76), 11.Kamaleddin Kamyabinia, 14.Ehson Pahlavon (17.Mehdi SHiri, 76), 19.Vohid Amiri, 72.Isa Alkasir (16.Mehdi Abdi, 88), 77.Said Og'ayi, 88.Siamak Nemati.
Zaxira: 44.Bojidar Radoshevich, 4.Sayid Jalol Hussayni, 20.Amir Rustaei, 23.Ali SHojayi, 26.Said Hussaynipur, 36.Arman Ramezani, .

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov (23.SHerzod Azamov, 90+1), 5.Anzur Ismoilov, 9.Jaloliddin Masharipov, 10.Dragan CHeran, 15.Egor Krimec (21.Abror Ismoilov, 90+1), 17.Dostonbek Hamdamov (18.Hojimat Erkinov, 73), 20.Odiljon Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev (4.Akromjon Komilov, 73), 77.Eren Derdiyok (11. Igor Sergeev, 73).
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Alisher Salimov, 7.Sadriddin Abdullaev, 28.Diyor Xolmatov, 29.Vladimir Kozak.

CHetlatishJaloliddin Masharipov 15

Persepolis

Issa Alekasir - 49', Issa Alekasir - 66'

AFC Champions League Final Stage . Quarter Finals-tur

30/09/2020, 23:45

0
:
2
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

45'
90'
49'  Issa Alekasir
49'  Siamak Nemati
66'  Issa Alekasir
66'  Saeed Aghaei
68'  Bashar Resan (Omid Alishah)
76'  Ahmad Nourollahi (Milad Sarlak)
76'  Ehsan Pahlavan (Mehdi Shiri)
87'  Issa Alekasir (Mehdi Abdi Qara)
15'  Jaloliddin Masharipov
72'  Eren Derdiyok (Igor Sergeev)
73'  Farrukh Sayfiev (Akramjon Komilov)
73'  Dostonbek Khamdamov (Khozhimat Erkinov)
90'  Khoziakbar Alidzhanov (Sherzod Azamov)
90'  Yegor Krimets (Abrorbek Ismoilov)




MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" musobaqani chorak finalda tark etadigan bo'ldi

90+1. O'zgarishlar. "Paxtakor". Alijonov va Krimec o'rniga Abror Ismoiolv va Azamov tushdi

90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi.

88. O'zgarish. "Paxtakor". Alkasir o'rniga Mehdi Abdi tushdi

80. "Paxtakor" gol urish uchun katta kuch bilan oldinga o'tmoqda. Erkinov ancha faol o'ynamoqda

78. ZARBAAAA! Zaxiradan tushgan Hojimat Erkinovning 16 metrlardan yo'llagan aniq zarbasini posbon ushlab oldi

77. ZARBAAA! Igor Sergeevning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasini Hamed Lak ushlab oldi

76. O'zgarishlar. "Persepolis". Nurullohi va Pahlavon o'rniga Sarlak va SHiri tushdi

72. O'zgarishlar. "Paxtakor". Derdiyok, Sayfiev va Hamdamov o'rniga Sergeev, Komilov va Erkinov tushdi

66. GOL! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Alkasir darvozaga yo'lladi - 2:0 GOLNI KO'RISH

64. Burchak to'pi amalga oshirilgach to'p raqib futbolchisi qo'liga tekkandek tuyuldi, VAR penalti bor yo'qligini tekshirdi, yo'q penalti yo'q deb topdi VAR.

63. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! QAnday vaziyat! Hamrobekovning jarima maydoni yonidan yo'llagan zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi! Juda xavfli! 

60. Sardor Sobirxo'jaev maydon markazidan to'pni darvozaga yo'lladi, Hamed Lak darvozasiga qaytishga ulgurgan edi

57. "Paxtakor" 10 kishi bo'lib qolgani ikkinchi taymda juda ham sezilmoqda

50. GOL! Qanotdan uzatilgan to'pni Alkasir darvozaga yo'lladi - 1:0. GOLNI TOMOSHA QILISH

46. Ikkinchi taym boshlandi!


45+2. Birinchi taym tugadi

45+1. "Persepolis" burchak to'pini amalga oshirdi, foyda chiqqani yo'q

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

45. So'nggi daqiqalarda "Persepolis" hujumlarni ko'paytirdi

43. Masharipov maydonni tark etgach chap qanotga Hamdamov o'tdi, Derdiyok o'ng qanotga o'tdi, CHeran esa markaziy hujumchi o'rnida o'ynay boshladi

38. UXXXXXX! Xavfli vaziyat! CHap qanotdan uzatilgan to'pni Isa Alkasir boshi bilan darvozaga yo'lladi, ikkala markaziy himoyachimiz hozir uni yolg'iz qoldirishdi

35. Xavfli vaziyat! Siamak Nematining jarima maydoniga uzatgan to'pi hech kimga tegmay maydonni tark etdi

32. "Persepolis" futbolchilari shoshilishmayapti, hozircha katta kuch bilan hujumga o'tishmayapti raqiblar

27. "Paxtakor"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'p himoyachining qo'liga tegib maydonni tark etgandek tuyuldi. VAR'dagilar hammasi toza deyishdi

25. ZARBA! Ahmad Nurullohi uzoqdan zarba berdi, noaniq

20. Uchrashuvning qolgan vaqtida "Paxtakor" 10 kishi bo'lib o'ynaydi...

16. Vaziyatni VAR ko'rib chiqdi va bosh hakam Masharipovga QIZIL KARTOCHKA ko'rsatdi!  VIDEONI KO'RISH 

15. Ogohlantirish. "Paxtakor". Jaloliddin Masharipov

11. ZARBAAAAA! Masharipovning chap qanotdan uzatgan to'pini Hamdamov boshi bilan noaniq yo'lladi

10. UXXXXXXXXXXXX! Isa Alkasir hozir Krimecga nisbatan juda xavfli o'ynadi, yaxshiki Egor o'yinga qaytdi

6. Xavfli vaziyat! Ajoyib kombinaciyadan keyin Hamdamov to'pni sherigiga uzatishda xatoga yo'l qo'ydi!

4. "Persepolis"da jarima to'pi, himoyachilarimiz o'z o'rnida

3. "Paxtakor" to'p nazoratini o'zida saqlab turibdi. Hozir maydon markaziga yaqin joyda CHeran Halilzoda tomonidan yiqitildi.

2. Bugungi o'yinda VAR ishlamoqda va barchasi toza bo'ladi. Hakamlarning xatosi tufayli qaysidir jamoa mag'lub bo'lmaydi.  

1. O'YIN BOSHLANDI! OLG'A "PAXTAKOR"

Uchrashuvdan oldin Kuvayt amiri SHayx Al Sabohning vafoti munosabati bilan 1 daqiqalik sukut saqlandi. 


- Jamoalar maydonga tushib kelishdi

- Uchrashuv soat 22:45da boshlanadi

Reyting: +80   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика