OCHL. "Paxtakor" - "SHahr Xodro" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar malum
13 fev 2020 14:35
Yangiliklar


OCHL. "Paxtakor" - "SHahr Xodro" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar malum
SHu kuni O'zbekiston chempioni "Paxtakor" o'z maydonida Eronning "SHahr Xodro" jamoasini qabul qiladi.
Pakhtakor Tashkent Igor Sergeev - 56', Igor Sergeev - 59', Sherzod Azamov - 87' |
AFC Champions League Grp. B . 2-tur 17/02/2020, 16:00 0
:
3
Tugadi
|
Shahr Khodrou FC |
"Paxtakor" markaziy stadionida o'tadigan bellashuvni boshqarib boradigan hakamlar nomi malum bo'ldi. Bu haqda "Paxtakor" matbuot xizmati xabar berdi. O'yinni shri-lankalik Dilan Perera boshqarib boradi. Hozirgacha ushbu referi "Paxtakor" ishtirokidagi bellashuvlarda ishlamagan. Unga Gedara Palitxa va Sanjiva Premalal qanotlarda yordam berishadi. Yaponiyalik Toru Kamikava hakamlar nazoratchisi vazifasini bajarsa, koreyalik Jan Xo Kvan o'yin komissari sifatida faoliyat ko'rsatadi.
OCHL, "B" guruhi
2-tur, 17.02.2020, 16:00
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"Paxtakor" - "SHahr Xodro"
Hakamlar: Dilan Perera, Gedara Palitxa, Sanjiva Premalal, Nivon Robesh (barchasi SHri-Lankadan).
Hakamlar nazoratchisi: Toru Kamikava (Yaponiya).
Komissar: Jan Xo Kvan (Koreya).
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" OCHL 1-turida BAAning "SHabab Al Ahli" jamoasini Masharipov hamda CHeranning gollari evaziga 2:1 hisobida mag'lub etgan edi.
Pakhtakor Tashkent Jaloliddin Masharipov - 18', Dragan Ceran - 70' |
AFC Champions League Grp. B . 1-tur 10/02/2020, 16:00 1
:
2
Tugadi
|
Shabab Al-Ahli Dubai FC Pedro Conde - 67' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar