OCHL. "Paxtakor" - "Al Ayn". Kim Jong Xyok biz uchun qanchalik omadli hakam?
18 mar 2015 09:00
Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" - "Al Ayn". Kim Jong Xyok biz uchun qanchalik omadli hakam?
OCHL guruh bosqichi 3-turida Toshkentning "Paxtakor" jamoasi o'z maydonida BAAning "Al Ayn" klubini qabul qiladi.
Ushbu bahsni janubiy koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib borishadi. Bosh hakam - Kim Jong Xyok. Unga qanotlarda hamyurtlari Yun Kvang Yeol hamda CHoi Min Byung yordam berishadi. Eslatib o'tamiz, bu uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi.
1983 yilda tug'ilgan bu hakam xalqaro faoliyatini 2009 yilda boshlagan. Umuman olganda bu hakam jamoalarimiz ishtirokidagi jami 4ta o'yinda ishlagan.
Kim Jong Xyok boshqargan o'yinlar haqida malumotlar:
O'tgan yil Ummonda bo'lib o'tgan Osiyo U-22 chempionatida O'zbekiston Xitoyni 2:1 hisobida mag'lub etgandi. Osiyo Kubogi-2015 saralashida milliy terma jamoamiz safarda Vetnamni yirik hisobda taslim qilgan - 3:0.
2013 yilgi OCHL ilk turida "Paxtakor" Toshkentda Saudiya Arabistonining "Al Ittifoq" klubini qabul qilib g'alabaga erishgan - 1:0.
Bu yilgi Osiyo chempionlar ligasining 1-turidan o'rin olgan “Al Hilol” – “Lokomotiv” uchrashuvida ham aynan shu referi faoliyat olib bordi. Bu o'yinda “temiryo'lchilar” 1:3 hisobida yutqazib qo'yishdi.
OCHL. 3-tur. "B" guruhi
PAXTAKOR - AL AYN
18 mart 2015. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 17:00
Bosh hakam: Kim Jong Xyok (J.Koreya)
Qanot hakamlari: Yun Kvang Yeol (J.Koreya), CHoi Min Byung (J.Koreya)
To'rtinchi hakam: Kim Xi Gon (J.Koreya)
Nazoratchi: Masud Inoyat (Eron)
Komissar: David Duayt Penano (Filippin)

Fikrlar