So’nggi yangiliklar

10:21Скалони сентябрдаги ўйинлар учун кимларни терма жамоага чақирди  0 09:44"Наполи" етакчиларидан бирининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  0 08:42"Барселона" жиддий қизиққан яна бир футболчи амалдаги жамоаси билан янги шартнома имзолади  1 08:11"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини Туркияда давом эттириши мумкин  1 07:40Пролига. Бугун марказий учрашув бўлиб ўтади  2 07:15Суперлига. "Хоразм" — "Қизилқум" 0:1  0 00:51Қосимов фаолиятини Ироқда давом эттиради  4 00:30"Манчестер Сити" Родриго харидидан воз кечди, жамоа ўз вингерини сақлаб қолади  1 23:40Санчо "Рома"га ўтишни хоҳламаяпти, аммо римликлар уни кўндиришга уриниб кўради  0 23:13Ҳаким Фузайлов: "Хоразм"ни Суперлигада олиб қолишга ҳаракат қиламиз, бошқа йўлимиз ҳам йўқ"  9 22:59"Тоттенхэм" 60 млн. фунтлик трансферга яқин турибди  0 22:27Стримернинг онасини сўккан Россия терма жамоаси собиқ футболчиси аёлнинг ўзидан кечирим сўради  2 22:11Акмал Рустамов: "Суперлигада ўйинлар орасида вақт кам. Бир кунни йўлга сарфлаяпмиз, икки кун сунъий майдонда машғулот қилдик"  2 21:58Алонсо "Реал"нинг ўйинини кўчиришни рад этишгани ҳақида: "Футболчилар соғлиғи учун бизни қўллаб-қувватлашларини хоҳлардик"  8 21:15Левандовски Ла Лига 2-турида "Барселона"га ёрдам бера оладими?  2

OCHL. Negredo "Al-Nasr" va "Paxtakor"ning imkoniyatlarini teng baholadi. Matbuot anjumani Yangiliklar

OCHL. Negredo "Al-Nasr" va "Paxtakor"ning imkoniyatlarini teng baholadi. Matbuot anjumani

Ertaga, 19 fevral kuni OCHL saralash bahslari doirasida "Al-Nasr" - "Paxtakor" o'yini o'tkaziladi.

Bugun esa ana shu uchrashuvdan oldingi rasmiy tadbirlar bo'lib o'tmoqda. "Championat.asia" xodimi SHahboz Beg'amov "sherlar"ning OCHL guruh bosqichiga chiqishi hal bo'ladigan bellashuvni yoritish maqsadida BAAga yo'l olgan.

OCHL. SHota Arveladze: "Negredoga qarshi hushyor o'ynashga intilamiz"

FOTO  OCHL. "Al-Nasr" - "Paxtakor" o'yinidan oldingi matbuot anjumani

Dubaydagi "Al Maktum" stadionida uchrashuvdan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida "Al-Nasr" bosh murabbiyi Benyat San Xose va jamoa hujumchisi Alvaro Negredolar ishtirok etishdi.

Benyat San Xose: - Oldinda bizni muhim o'yin kutib turibdi. "Paxtakor" taktik jihatdan kuchli jamoa. Ayniqsa, raqib jamoaning hujum chizig'i kuchli. Ertaga muxlislarimizga ajoyib g'alabani taqdim etishga harakat qilamiz. Stadionga kelgan muxlislar yuqori kayfiyatda uyga qaytishlari uchun borimizni beramiz.

- "Paxtakor" allaqachon OCHLdagi ishtirokini boshlagan. "Eyr Fors" klubiga qarshi kechgan o'yin ular uchun ertangi muhim uchrashuv oldidan yaxshigina tayyorgarlik vazifasini o'tadi. Bu "Paxtakor"ga kichik ustunlik ham berishi mumkin. Keyin jamoaviy o'yin ham yaxshi shakllangan. Futbolchilari jismoniy jihatdan kuchli tayyorgarlikka ega. To'p bilan yaxshi muomala qiladi. Lekin, nasib qilsa ertangi o'yinda g'alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqamiz.


Alvaro Negredo: - Ikkala tomon uchun ham qiyin o'yin bo'ladi. Jamoalarning g'alaba qozonib, guruh bosqichiga chiqish imkoniyatlarini 50ga 50 baholayman. Lekin, biz o'z maydonimizda o'ynaymiz. Muxlislar bizning ustun tomonimiz.

"Paxtakor"ning kuchli jamoa ekanini bilamiz. Raqib hakida etarlicha malumotga egamiz. Lekin bizda uchrashuvni o'z foydamizga hal qilish uchun barcha imkoniyatlar bor.


- Mahmud Hamis o'ynaydimi?
Murabbiy: - Ha, u maydonga tushishga tayyor. Mahmud jamoamiz uchun muhim futbolchi. Mashg'ulotlarda astoydil ishlayapti. Uning o'zi bilan ham bu mavzuda gaplashib oldik. Jamoaga yordam berishga tayyor.

- "SHarja"dan qabul qilib olingan mag'lubiyatdan keyin futbolchilar o'ziga kelib ulgurdimi?
Murabbiy: - Ha, muhim jihat hakida gapirdingiz. Futbolchilarimiz professional. Mag'lubiyatni esdan chiqarganmiz. Biz uchun har bir o'yin muhim. Lekin OCHL umuman boshqa darajadagi turnir. Ertaga maydonga tushadigan har bir futbolchi borini berib o'ynashini xohlayman. Qolaversa, jarohat sabab o'tgan uchrashuvda yordam bera olmaganlar ham safga qaytgan.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика