So’nggi yangiliklar

02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  3 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  1 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  3 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  10 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  14

OCHL. “Nasaf”ga qarshi o'ynaydigan legionerlar Yangiliklar

OCHL. “Nasaf”ga qarshi o'ynaydigan legionerlar

Xabaringiz bor, bugun Osiyo chempionlar ligasining guruh bahslariga qura tashlandi.
Qura natijalariga ko'ra, oliy ligada uchinchi o'rinni egallagan “Nasaf” “D” guruhidan joy oldi va “Al Ahli” (BAA), “Traktor Sozi” (Eron) klublariga qarshi bahs olib boradi. Guruhdagi to'rtinchi jamoa nomi pley-off o'yinlaridan so'ng malum bo'ladi.

Yaxshi bilasiz, Osiyo chempionlar ligasida legionerlar katta rol o'ynaydi. Ko'plab arab jamoalarida ko'rganmiz, asosiy ishni ko'pincha legionerlar bajarishadi. Quyida “Nasaf”ga qarshi to'p suradigan klublar tarkibida qaysi legionerlar o'ynayotgani borasida qisqacha malumot berib o'tamiz.

“Al Ahli” legionerlari
BAAning “Al Ahli” klubida hozircha olti nafar xorijlik ro'yxatdan o'tgan. Ular orasida eng mashhurlari portugaliyalik Ugo Viana bilan braziliyalik Siel hamda Grafite. SHuningdek, jamoa tarkibida mahalliy o'yinchilardan sizu-bizga yaxshi tanish Ahmad Xalil ham to'p tepadi.  

Mirel Radoy (Ruminiya)
Yoshi: 33
Ampluasi: yarim himoyachi

Luis Ximenes (CHili)
Yoshi: 30
Ampluasi: yarim himoyachi

Ugo Viana (Portugaliya)
Yoshi: 31
Ampluasi: yarim himoyachi

Karlos Munos (CHili)
Yoshi: 25
Ampluasi: hujumchi

Grafite (Braziliya)
Yoshi: 35
Ampluasi: hujumchi

Siel (Braziliya)
Yoshi: 32
Ampluasi: hujumchi

“Traktor Sozi” legionerlari
Eronning “Traktor Sozi” jamoasida esa nomdor legionerlar yo'q. Faqat biroz muddat “Al SHarja”da faoliyat olib borgan braziliyalik Edinoni hisobga olmaganda.

Issa N’Doye (Senegal)
Yoshi: 28
Ampluasi: darvozabon

Ditmar Bisaj (Albaniya)
Yoshi: 25
Ampluasi: himoyachi

Edino (Braziliya)
Yoshi: 32
Ampluasi: hujumchi

Radames (Braziliya)
Yoshi: 28
Ampluasi: yarim himoyachi
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика