So’nggi yangiliklar

20:45Пол Паркер: "Онана дарвозабон эмас"  0 20:12"Динамо" ҳақ бўлиб чиқди: "Ҳакам қарори нотўғри!"  15 19:50Расман: Шаҳбоз Умаров — "Тобол" футболчиси  1 19:21Паулу Бентунинг Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийлига тайинланиши тўғри қарорми ёки нотўғри?  52 19:10Ўзбекистон U-23 терма жамоаси 30 август куни Қирғизистонга йўл олади   7 18:49Одил Ҳамробеков ва Ўткир Юсупов Ўзбекистон терма жамоасининг йиғинига келиб қўшилди   0 18:07"Қайрат" бош мураббийи: "Бунчалик узоққа боришимизни кутмагандим"  5 17:15"Футбол олами". Ярим финалчилар маълум, хайр "Навбаҳор" ва "Бунёдкор"  4 16:59"Андижон", "Динамо", "Навбаҳор"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари   12 16:34"Ливерпуль" "Бавария" футболчисини АПЛга қайтармоқчи  2 15:45Жаҳон чемпионатигача: Бентуда терма жамоани тайёрлаш учун қанча вақт бўлади?  26 15:23Ўзбекистон кубоги. "Динамо" ярим финалга чиққан ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  4 15:10"Манчестер Сити" ҳимоячиси фаолиятини "Милан"да давом эттиради  4 14:44Бенту бошқарган терма жамоалар мундиалларда нима каромат кўрсатган?  36 14:23Нкунку фаолиятини А Серияда давом эттиради (Фабрицио Романо)  8

OCHL. “Lokomotiv” – “Sepaxon”. Bugungi tadbirlar haqida Yangiliklar

OCHL. “Lokomotiv” – “Sepaxon”. Bugungi tadbirlar haqida

Teglar :  LokomotivSepaxon
Ertaga “Lokomotiv” o'z maydonida Eronning “Sepaxon” klubini qabul qiladi. Osiyo chempionlar ligasining 4-turidan o'rin olgan mazkur bahsga muxlislarning qiziqishi katta.

Xabaringiz bor, Isfahon shahrida kechgan birinchi o'yinda “Loko” 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi. O'sha o'yinda Marat Bikmaev hamda Sardor Mirzaev tomonidan kiritilgan gollar “temiryo'lchilar”ga uch ochkoni taqdim etgandi. Ertangi bellashuvda ham “Lokomotiv” faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushadi.

Bugun navbatdagi uchrashuv oldidan odatga ko'ra rasmiy tadbirlar tashkil qilindi. Avvaliga har ikkala klub menejerlari, shuningdek uchrashuv rasmiylari ishtirokida ananaviy miting tashkil qilingan bo'lsa, undan keyin ikkala jamoa bosh murabbiylari hamda futbolchilar ishtirokida o'yinoldi matbuot anjumani o'tkazildi.

Miting davomida ertangi uchrashuvda kimning qaysi rangli liboslarda to'p tepishi oydinlashdi. Demak, “Lokomotiv” oq, “Sepaxon” esa sariq-qora liboslarda o'ynaydi.

Tushdan so'ng avvaliga “Sepaxon”, keyin “Lokomotiv” o'yin bo'ladigan stadionda rasmiy mashg'ulot o'tkazdi. Ikkala jamoa ham o'zining mavjud tarkibi bilan mashg'ulot o'tkazdi. “Sepaxon” safida hamyurtimiz Fozil Musaev ham shug'ullandi. Ertangi o'yinni “Loko” himoyachisi Nemanya Yanichich jarohati bois o'tkazib yuboradi. Lekin Jasur Hasanovning ikki o'yinlik diskvalifikaciyani o'tab yana safga qaytishi muxlislarni quvontirishi turgan gap.

Ertaga bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Sepaxon” bahsi soat 16:00da boshlanadi. Uchrashuvni bahraynlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam: Ali Hasan Ibrohim Abdulnabi. Biz “Lokomotiv”ga befarq bo'lmagan muxlislarni TTZdagi stadionga chorlab qolamiz.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика