OCHL. "Lokomotiv" safarda ilk bor g'alaba qozondi
16 mar 2016 09:57
Yangiliklar


OCHL. "Lokomotiv" safarda ilk bor g'alaba qozondi
Kecha Toshkentning "Lokomotiv" klubi Osiyo chempionlar ligasi 3-turida "Sepaxon" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
SHu tariqa, "temiryo'lchilar" musobaqada ilk bor safardagi uchrashuvda g'alaba qozonishdi. Bunga qadar jamoa OCHLda safarda 5ta o'yin o'tkazib 4 bor mag'lub bo'lgandi va bir marta durang qayd etgandi. Kechagi g'alaba "Loko" uchun safardagi dastlabki 3 ochkoni taqdim etdi.
Bundan tashqari klub ilk bor Eron klubini mag'lub etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar