OCHL. G'arb mintaqasida chorak finalning barcha ishtirokchilari malum
28 sen 2020 01:15
Yangiliklar
OCHL. G'arb mintaqasida chorak finalning barcha ishtirokchilari malum
1/8 final natijalariga ko'ra O'zbekiston, Eron va Saudiya Arabistonining ikki klubi keyingi bosqichga yo'l oldi.
"Paxtakor" (O'zbekiston) - 1/8 finalda Eronning "Istiqlol" klubini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
"Persepolis" (Eron) - 1/8 finalda Qatarning "Al Sadd" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - 1/8 finalda BAAning "SHabab Al Ahli" klubini penaltilar seriyasida 5:4 hisobida mag'lub etdi.
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) - 1/8 finalda Saudiya Arabistonining "Al Taavon" klubini 1:0 hisobida mag'lub etdi.
SHunday qilib "Paxtakor"ning 1/4 finaldagi raqibi "Persepolis", "Al Nassr" va "Al Ahli"dan biri bo'ladi. Juftliklar qura natijasiga ko'ra aniqlanadi. CHorak final o'yinlari 30 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.
Ertangi qura tashlash marosimi ushbu zalda o'tkaziladi va hozirda marosimga tayyorgarlik jarayonlari kechmoqda. Qura marosimi Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.
Sizningcha, keyingi bosqichda "Paxtakor"ga qaysi jamoa raqib bo'lgani maqul?
Fikrlar