So’nggi yangiliklar

22:15Англия Кубогида бундай ҳолат 117 йил деганда такрорланди  0 21:55Англия Кубоги. "Манчестер Сити" "Эксетер" дарвозасига 10та гол урди, Ҳусанов тўлиқ ўйнади  11 21:30Алдаётган Рафинья, ўйлаётган Берналь ва бошқалар - "Барселона" машғулотидан фотомақола  3 20:55U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди  116 20:31Абдуҳолиқов, Зотеев, Нуруллоев ва бошқалар: "Локомотив" машғулотидан суратлар  4 20:14Туркия Суперкубоги. "Галатасарой" - "Фенербаҳче" баҳси асосий таркиблари маълум!  1 19:53Беларусь чемпионатининг иккинчи тўпурари Тошкент жамоасига ўтиши керак эди  0 19:21Англия Кубоги. Амалдаги ғолиб 6-лига вакилига мағлуб бўлди, "бўрилар"дан ғалаба  0 18:55Тажрибали футболчилар "Локомотив" машғулотларида  2 18:33U-23 Осиё Кубоги. Гуруҳдошимиз Жанубий Корея Ливанга имконият қолдирмади   2 18:06Ислом Тўхтахўжаев: “Ҳар қандай футболчига бундай ишқибозлар қаршисида ўйнаш ёқимли”  5 17:52Ханси Флик: "Мбаппе - энг зўр ҳужумчи, лекин биз ўзимизга ишонамиз"  11 17:17Футзал. Олий лига пешқадамида бош мураббий ўзгарди  2 16:58Мбаппе класикода ўйнайдими? Алонсо жавоб берди  5 16:37"Арсенал" "Реал" ҳужумчиси учун 80 миллион евро тўламоқчи  6

OCHL. "D" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida Yangiliklar

OCHL. "D" guruhidagi vaziyat va imkoniyatlar haqida

17-18 mart kunlari Osiyo chempionlar ligasining 3-tur bahslari bo'lib o'tdi.
"D" guruhida ishtirok etayotgan Qarshining "Nasaf" klubi kecha BAAda "Al Ahli" mehmoni bo'lib, bu o'yinda hisob ochilmadi. Natijada 3-turda biznikilardan ochko olgan faqat "Nasaf" bo'ldi. Guruhdagi narigi bellashuv esa Saudiya Arabistonida o'tkazildi va bunda "Al Ahli" "Traktorsozi"ni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Kechagi bahsda "Nasaf" yaxshi harakat qildi. Qarshiliklar ayniqsa, himoyada mustahkam turishdi va shu tufayli raqibga gol urish imkoni berishmadi. Qolaversa, jamoa etakchisi Artur Gevorkyanning jarohat olib maydonni tark etishi ham "Nasaf" o'yiniga birmuncha tasir ko'rsatdi. Oldinda yana uchta tur borligini inobatga olsak, guruhda ikkinchi o'rinni egallab turgan "Nasaf"da keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgan. Agar Ro'ziqul Berdiev shogirdlari Qarshida "Al Ahli"ni mag'lub etishsa, imkoniyat yanada oshadi.

Mazkur guruhda Saudiyaning "Al Ahli" klubi 7 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. Aytib o'tganimizdek, "Nasaf" ikkinchi pog'onada va hisobida to'rt ochko bor. Keyingi o'rinlarni "Traktorsozi" (3 ochko) va "Al Ahli" (BAA, 2 ochko) egallab turishibdi. Navbatdagi tur o'yinlari 7 aprel kuni o'tkaziladi.

SO'Z
- Qarshida hujumkor o'yin namoyish etamiz. Bugun o'z o'yinimizni to'liq ko'rsata olmadik. Ammo javob bahsida ancha shiddatli harakat qilamiz. (Ro'ziqul Berdievning "Al Ahli"ga qarshi javob uchrashuvidan oldin aytgan fikrlari)
 
3-tur. 18 mart
"Al Ahli" - "Nasaf" 0:0
"Al Ahli" - "Traktorsozi" 2:0

JADVAL

# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Al Ahli 3 2 1 0 7 - 4 3 7
2 Nasaf Qarshi 3 1 1 1 3 - 3 0 4
3 Tractor Sazi Tabriz 3 1 0 2 2 - 4 -2 3
4 Al-Ahli 3 0 2 1 3 - 4 -1 2


Keyingi uchrashuvlar
4-tur. 7 aprel
"Nasaf" - "Al Ahli" (BAA)
"Traktorsozi" - "Al Ahli" (S.Arabistoni)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика