OCHL. Bugun 4-turning to'rtta o'yini o'tkaziladi
12 mar 2018 12:05
Yangiliklar


OCHL. Bugun 4-turning to'rtta o'yini o'tkaziladi
Kun tartibidan to'rtta o'yin olgan. Bugun "V" va "D" guruhlarida navbatdagi tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Bahslarni "Lokomotiv" boshlab beradi. "Temiryo'lchilar" TTZdagi stadionda Qatarning "Al Duhayl" klubini qabul qilishadi. Albatta, bizning etibor birinchi galda "Loko" ishtirokidagi bahsga qaratiladi. CHunki bu o'yin oxirgi imkoniyat hisoblanadi.
"B" guruhi
17:00. "Lokomotiv" - "Al Duhayl"
20:00. "Al Vahda" - "Zobahan"
Guruhdagi vaziyat: "Al Duhayl" bungacha o'tkazilgan uchta o'yinning hammasini g'alaba bilan yakunladi. Jamoa 9 ochko bilan birinchi o'rinda boryapti. Ikkinchi o'rindagi "Zobahan" hisobida 6 ochko bor. "Lokomotiv" esa 3 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi. Guruh autsayderi "Al Vahda" hozircha barcha o'yinlarni yutqazgan.
"D" guruhi
20:15. "Al Rayan" - "Al Hilol"
20:30. "Istiqlol" - "Al Ayn"
Guruhdagi vaziyat: Ushbu guruhda murakkab vaziyat yuzaga kelgan. "Istiqlol" 5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. "Al Rayan" bilan "Al Ayn" hisobida uch ochkodan bor. Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi esa ikki ochko to'plagan holda kutilmaganda oxirgi o'rinda boryapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar