OCHL-2022. “Paxtakor” va “Nasaf”ning raqiblari o'z o'yinlari o'tkaziladigan shaharlarga kelishdi. SHukurov va G'aniev ham Saudiya Arabistonida
06 apr 2022 09:00
Yangiliklar
OCHL-2022. “Paxtakor” va “Nasaf”ning raqiblari o'z o'yinlari o'tkaziladigan shaharlarga kelishdi. SHukurov va G'aniev ham Saudiya Arabistonida
Osiyo CHempionlar Ligasi yangi mavsumi start olmoqda.
Xabaringiz bor, o'yinlar markazlashgan tarzda Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadi.
"Paxtakor" va "Nasaf"ning guruh o'yinlari taqvimi (to'liq)
“Paxtakor”ning guruhdagi raqiblari “Al Duxayl”, “Sepaxon” va “Al Taavon” (mezbon) bo'ladi. Ular o'yinlar o'tkaziladigan shaharga etib kelishdi.
“Nasaf”ning raqiblari esa “Al Faysali” (mezbon), “Al Sadd” hamda “Al Vihdat” bo'ladi.
SHuningdek, Aziz G'aniev o'ynayotgan “SHabab Al Ahli” (BAA) hamda Otabek SHukurov harakat qilayotgan “SHarja” (BAA) ham Saudiya Arabistoniga keldi.
Fikrlar