So’nggi yangiliklar

00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  0 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  69 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   5 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7 19:00МЮ "Брайтон" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда. "Милан" ҳам ушбу футболчи борасида маълумот йиғяпти  0 18:33Машарипов кичик жароҳат олди  1

OCHL-2021. "Paxtakor" guruh bosqichining so'nggi turida g'alaba qozondi Yangiliklar

OCHL-2021. "Paxtakor" guruh bosqichining so'nggi turida g'alaba qozondi

Osiyo chempionlar ligasi 6-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Eyr Fors" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
 


OCHL guruh bosqichi. 6-tur.
"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq) - 1:0
Hakamlar:
Navaf SHukralla, Muhammad Jafar, Abdulla Rovaimi (Bahrayn), Ma Ning (Xitoy).
Nazoratchi: Suresh Srinivasan (Hindiston).
Komissar: Ravishankar Jayaraman (Hindiston).

Gol: Po'latxo'ja Xoldorxonov 79, - 1:0.

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov (88.SHahzod Azmiddinov, 59), 23.SHerzod Azamov (S), 16.Marlen CHobanov, 6.IbrohimHalil Yo'ldoshev, 21.Abror Ismoilov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 8.Azizbek Turg'unboev (99.Po'latxo'ja Xoldorxonov, 73), 10.Dragan CHeran (18.Hojimat Erkinov, 59), 42.Abbosbek Fayzullaev (28.Diyor Xolmatov, 73), 17.SHerzod Temirov (5.Anzur Ismoilov, 84).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov, 9.Eren Derdiyok, 19.SHarof Muhiddinov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev.

"Eyr Fors": 95.Muhammad Solih, 2.Ahmad Ibrohim, 5.Mayzam Jabbor, 6.Samih Said, 11.Humam Tariq, 17.SHarif Abdulkadhim (29.Amjad Radhi, 80), 19.Ali Muhsin (22.Saif Rashid, 87), 20.Ali Kadhim, 25.Muhammad Ali, 34.Mustafo Muhammad, 50.Jefferson Kollazos (28.Hussayn Jabbor, 80).
Zaxira: 1.Fahad Tolib, 40.Abdulloh Faysal, 18.Luay Alani, .  

Ogohlantirishlar: Abror Ismoilov 43, IbrohimHalil Yo'ldoshev 53, Samih Said 78, Humoyunmirzo Iminov 80, Sanjar Quvvatov 87.



YANGILASH



90+5. Uchrashuv yakunlandi. "Paxtakor" - "Eyr Fors" 1:0

90+5. ZARBAAA! Saif Rashidning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan keyin Quvvatov to'pni qaytardi!

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

88. ZARBAAA! Yo'ldoshevning zarbasidan so'ng to'p ustunga tegib qaytdi

87. Ogohlantirish. "Paxtakor". Sanjar Quvvatov

87. O'zgarish. "Eyr Fors". Ali Muhsin o'rniga Saif Rashid

84. O'zgarish. "Paxtakor". Temirov o'rniga Anzur Ismoilov tushdi

83. ZARBAAA! Iminovning uzoqdan yo'llagan zarbasini darvozabon qiyinchilik bilan qaytardi!

80. Ogohlantirish. "Paxtakor". Iminov

80. O'zgarishlar. "Eyr Fors". Kollazos o'rniga Hussayn Jabbor, SHarif Abdulkadhim o'rniga Amjad Radhi tushdi

79. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! XOLDORXONOV! OCHLdagi debyut o'yinida debyut gol! Malades! Jarimadan uzatilgan to'pni Temirov darvozaga yo'lladi, darvozabon qaytargan to'pni Xoldorxonov darvozaga joylab qo'ydi - 1:0.

78. Ogohlantirish. "Eyr Fors". Samih Said

77. GOOOOOOOOOOOL!  Xoldorxorov gol urdi, ammo qanot hakami o'yindan tashqari holatni qayd etdi!

74. ZARBA! SHerzod Azamovning jarimadan yo'llagan kuchli va aniq zarbadan keyin to'pni Solih ushlab oldi!

73. O'zgarishlar. "Paxtakor". Fayzullaev o'rniga Xolmatov, Turg'unboev o'rniga Xoldorxonov tushirildi

73. UXXXX! Humam Tariqning to'p uzatishidan keyin Samih Saidning zarbasi xavfli chiqdi!

71. ZARBA! Burchak to'pidan keyin Marlen CHobanov bosh bilan zarba berdi noaniq, undan oldin hakam hujumda fol ishlatilganini qayd etdi

68. ZARBAA! Temirovning jarima maydoni yonginasidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi!

62. UXXX! Jarimadan Turg'unboev uzatgan to'pni Solih mushtlari bilan qaytardi!

61. Erkinov hozir jarima to'pi ishladi

59. O'zgarishlar. "Paxtakor". CHeran va Alijonov o'rniga Erkinov va Azmiddinov tushdi

57. ZARBA! Turg'unboevning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

56. Ogohlantirish. "Eyr Fors". Ali Kadhim

54. ZARBA! Tariqning yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi

52. UXXXXX! Yo'ldoshev jarima maydoni yonginasida Tariqni yiqitdi, xavfli jarima to'pi!

52. ZARBAAAAAA! Humam Tariq o'ng qanotdan to'pni darvozaga yo'lladi, to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi!

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha nursiz durang 0:0

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

43. Ogohlantirish. "Paxtakor". Abror Ismoilov

41. Xavfli vaziyat! Kollazos jarima maydoniga kirib bordi, SHerzod Azamov to'pni undan olib qo'ydi

39. ZARBAAAAAAA! O'ng qanotdan SHarif uzatgan to'pni chap qanotdagi Humam Tariq egallab darvoza tomon yo'lladi, noaniq! 

35. ZARBAAAA! Dragan CHeran jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba berdi, to'pni Muhammad Solih qaytardi! 

33. To'p nazorati "Paxtakor" tomonida, ammo bu nazorat gol bo'lmasa hech qanday naf bermaydi

25. "Eyr Fors" futbolchilarini 0:0 qoniqtiradi shekilli vaqt cho'zishni boshlab yuborishdi

19. ZARBAAA! SHarif Abdulkadhimning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi!

15. Ikkala jamoa ham guruhdan chiqa olmasliklari aniq, shu bois o'yin tempi anchagina past. Bahs o'rtoqlik o'yini maqomida kechmoqda

9. ZARBA! Mustafo Muhammadning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin to'p Iminovga tegib tezligini pasaytirdi va Quvvatov to'pni ushlab oldi!

6. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Yo'ldoshev uzatgan to'pni Temirov boshi bilan darvoza tomon yo'llashga urindi, ancha noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика