So’nggi yangiliklar

22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  0 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  32 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  9 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0

OCHL-2021. O'z tarixida ilk bor guruhda o'ynaydigan AGMK taqvimi bilan tanishing Yangiliklar

OCHL-2021. O'z tarixida ilk bor guruhda o'ynaydigan AGMK taqvimi bilan tanishing

Pley-offdan eson-omon o'tgan AGMK o'z tarixida birinchi marta Osiyo chempionlar ligasi guruh bahslarida qatnashadi.

Safarda "Al Garafa"ni 1:0 hisobida mag'lub etib qaytgan AGMK "A" guruhiga to'rtinchi jamoa bo'lib qo'shildi. Guruh uchrashuvlari 15-30 aprel oralig'ida Saudiya Arabistoni poytaxti Ar Riyodda bo'lib o'tadi. 


"A" guruhi (mezbon shahar - Ar Riyod):

"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)

"SHabab Al Ahli" (BAA)

"Istiqlol" (Tojikiston)

AGMK (O'zbekiston)


Guruh taqvimi quyidagicha ko'rinish olgan:


1-tur. 15 aprel. "SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni"

00:00. "Al-Hilol" – AGMK


2-tur. 18 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"

00:00. AGMK – "Istiqlol"


3-tur. 21 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"

00:00. AGMK – "SHabab Al Ahli"


4-tur. 24 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"

00:00. "SHabab Al Ahli" – AGMK


5-tur. 27 aprel. "SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni"

00:00. AGMK – "Al-Hilol"


6-tur. 30 aprel. "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"

00:00. "Istiqlol" – AGMK

Izoh: Guruhdagi barcha o'yinlar Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.



Ko'rib turganizdek, AGMK ilk turdayoq Osiyoning eng kuchli klublaridan biriga to'qnash keladi. "Al Hilol" haqida ortiqcha gapirishga hojat bo'lmasa kerak. AGMK 6ta o'yindan to'rttasini  "Qirol Fahd Xalqaro stadioni"da o'tkazadi. Faqat "Al Hilol" bilan bo'ladigan uchrashuvlar "SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni"da tashkil etiladi. 

"Al Hilol" 2019 yil OCHLda zafar quchgan, "SHabab Al Ahli" esa 2015 yilgi musobaqa finalchisi hisoblanadi. Guruhda ikkita debyutant bor: AGMK va "Istiqlol". Guruh bahslari ikkita stadionda tashkil etiladi: "Qirol Fahd Xalqaro stadioni" va "SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni". 

"Qirol Fahd Xalqaro stadioni" - 1987 yilda barpo etilgan bo'lib, Saudiya Arabistonidagi eng katta stadion hisoblanadi. Milliy terma jamoa aksar hollarda uy o'yinlarini shu erda o'tkazadi. Stadion sig'imi 67,000 muxlisga mo'ljallangan. Mazkur o'yingohda 1997 yil Konfederaciyalar Kubogi o'tkazilgan. SHuningdek, 2014 va 2017 yillarda OCHL finaliga mezbonlik qilgan.

"SHahzoda Faysal bin Fahd stadioni" - Ar Riyodning Al Malaz tumanida joylashgan. Bu stadion 1971 yil ochilgan. 1972 yilgi Ko'rfaz Kubogi bahslari mana shu erda o'tkazilgan. "Al Hilol", "Al Nassr" va "Al SHabab" klublari uy uchrashuvlarini ko'pincha shu o'yingohda o'tkazib keladi.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика