OCHL-2021. AGMK raqibi "Istiqlol" safida uchta yo'qotish bor
12 apr 2021 11:23
Yangiliklar


OCHL-2021. AGMK raqibi "Istiqlol" safida uchta yo'qotish bor
Kuni kecha jamoa Dushanbe – Dubay - Ar-Riyod reysi bilan Saudiya Arabistoniga etib bordi.
"Istiqlol" Saudiya Arabistoniga 21 nafar futbolchi bilan yo'l oldi. Olingan jarohatlar tufayli Dushanbe klubiga himoyachi Iskandar Jalilov, yarim himoyachi Amirbek Jo'raboev va hujumchi Islom Zoirov yordam bera olmaydi.
"Istiqlol" klubining OCHL-2021 guruh bosqichi uchun qaydnomasi:
Darvozabonlar – Rustam Yatimov, Muhriddin Hasanov, Safarmad G'afforov.
Himoyachilar – Axtam Nazarov, Aleksey Larin (Ukraina), Manuchexr Safarov, Andrey Mishchenko (Ukraina), Zoir Jo'raboev, Romishi Nasrullo, Vaxdat Xanonov.
Yarim himoyachilar – SHahrom Sulaymonov, SHarifbek Rahmatov, Muhammadjon Rahimov, Xurshed-Timur Jo'raev, Ryota Noma (Yaponiya), Nuriddin Davronov, Alisher Jalilov.
Hujumchilar – Rustam Soirov, Salam Ashurmamadov, Xuseyn Dogan (Gollandiya), Manuchexr Jalilov.
Bosh murabbiy - Vitaliy Levchenko.
Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" guruhda AGMK (O'zbekiston), "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) va "SHabab Al Ahli" (BAA) klublari bilan kuch sinashadi. Tojikiston chempioni 1-turni 15 aprel kuni "SHabab Al Ahli"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar