OCHL-2020 saralash. Ahmedov hamda Aliboev harakat qilayotgan jamoalarning raqibi malum bo'ldi
21 jan 2020 20:20
Yangiliklar
OCHL-2020 saralash. Ahmedov hamda Aliboev harakat qilayotgan jamoalarning raqibi malum bo'ldi
Bitta o'yindan iborat bo'lgan bahslarda quyidagi natijalar qayd etildi:
“Melburn Viktori” (Avstraliya) – “Bali Yunayted” (Indoneziya) 5:0
“Lokomotiv” (O'zbekiston) – “Istiqlol” (Tojikiston) 0:1
“Buriram Yunayted” (Tailand) – “Xoshimin” (Vetnam) 2:1
“Port FK” (Tailand) – “Ceres” (Filippin) 0:1
“Kedax” (Malayziya) – “Tay Po” (Gonkong) 5:1
Malum sabablarga ko'ra, Erondagi o'yinlar o'tkazilmadi:
“Padidex” (Eron) – “Al-Rifaa” (Bahrayn)
“Istiqlol-Texron” (Eron) – “Al-Kuvayt” (Quvayt)
SHunday qilib, Ikrom Aliboev harakat qilayotgan “Seul” jamoasi saralashning final raundida “Kedax”ga qarshi to'qnash keladigan bo'ldi. Odil Ahmedov o'ynayotgan “SHanxay SIPG” esa “Buriram Yunayted” bilan bahslashadi. Bugun, “Lokomotiv” ustidan zafar qozongan “Istiqlol” Saudiyaning “Al-Ahli” klubi bilan uchrashadi.
28 yanvar:
“Al-Ahli” (S.Arabistoni) – “Istiqlol” (Tojikiston)
“Seul” (J.Koreya) – “Kedax” (Malayziya)
“SHanxay SIPG” (Xitoy) – “Buriram Yunayted” (Tailand)
“FK Tokio” (Yaponiya) – “Ceres” (Filippin)
“Kashima Antlers” (Yaponiya) – “Melburn Viktori” (Avstraliya)
Eslatib o'tamiz, “Al-Ain”ning raqibi ertaga bo'lib o'tadigan “Bunyodkor” – “Al-Zavra” (Iroq) bahsidan keyin malum bo'ladi. Qatarning “Al-Sayliya” va “Al-Rayvan” jamoalari qaysi klubga to'qnash kelishi esa hozircha malum emas.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar