OCHL-2020 pley-off. "Lokomotiv" va bronza medali sohibi qaysi klublarga qarshi o'ynashi malum
29 noy 2019 12:45
Yangiliklar


OCHL-2020 pley-off. "Lokomotiv" va bronza medali sohibi qaysi klublarga qarshi o'ynashi malum
Unga ko'ra O'zbekiston vice-chempioni "Lokomotiv" klubi dastlab o'z maydonida Tojikiston chempioni "Istiqlol" klubini qabul qiladi. Agar "Istiqlol" mag'lub etilsa guruh bosqichiga chiqish uchun Saudiya Arabistoni chempionatida 4-o'rinni egallagan "Al Ahli" klubi bilan safarda o'yin o'tkaziladi. Aynan mana shu bahs g'olibi guruh bosqichiga yo'l oladi.
O'zbekiston chempionatida uchinchi o'rinni egallaydigan klub ham dastlab o'z maydonida Iroqning "Al Zavra" klubini qabul qiladi. Bu bahsda g'olib chiqqan jamoa safarda BAA Pro-ligasida 4-o'rinni olgan "Al Ayn" bilan guruh bosqichi yo'llanmasi uchun kurash olib boradi.
OCHL-2020 pley-off bosqichi
21 yanvar
"Lokomotiv" - "Istiqlol" (Tojikiston)
"Bunyodkor" yoki "So'g'diyona" - "Al Zavra" (Iroq)
28 yanvar
"Al Ahli" (Saudiya Arabistoni) - "Lokomotiv" yoki "Istiqlol"
"Al Ayn" (BAA) - "Bunyodkor" yoki "So'g'diyona" yoki "Al Zavra"
O’xshash yangiliklar

Fikrlar