OCHL-2020. "Paxtakor" guruhni uyda boshlab, uyda tugatadi
10 dek 2019 14:12
Yangiliklar


OCHL-2020. "Paxtakor" guruhni uyda boshlab, uyda tugatadi
Bugun 2020 yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.
Unga ko'ra O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi "B" guruhida "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni), "SHabab Al Ahli" (BAA) klublari bilan birga kurashadigan bo'ldi. Yana bir jamoa nomi pley-off bahslaridan so'ng malum bo'ladi. Bu guruhga qo'shilish uchun davogar bo'lib turgan 4ta klub: "CHennayin Siti" (Hindiston), "Al Riffa" (Bahrayn), "SHahr Xodro" (Eron) va "Al Sayliya" (Qatar).
OCHL-2020, "B" guruhi taqvimi
1-tur, 10 fevral
"Paxtakor" - "SHabab Al Ahli" (BAA)
2-tur, 17 fevral
Pley-off III g'olibi - "Paxtakor"
3-tur, 3 mart
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) - "Paxtakor"
4-tur, 6 aprel
"Paxtakor" - "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
5-tur, 21 aprel
"SHabab Al Ahli" (BAA) - "Paxtakor"
6-tur, 5 may
"Paxtakor" - Pley-off g'olibi III
O’xshash yangiliklar

Fikrlar