OCHL-2020. Guruh bosqichiga qachon qura tashlanishi malum bo'ldi
30 noy 2019 09:07
Yangiliklar


OCHL-2020. Guruh bosqichiga qachon qura tashlanishi malum bo'ldi
Kelasi yil o'tkaziladigan Osiyo chempionlar ligasi qurasiga ham sanoqli kunlar qolyapti.
Qura marosimi Kuala-Lumpurda joylashgan OFK shtab-kvartirasida 10 dekabr kuni keyingi yil uchun OCHL va OFK Kubogi bahslariga qura tashlanadi. Qura jarayoni Toshkent vaqti bilan soat 13:30da boshlanadi.
SHunisi aniqki, Osiyo chempionlar ligasida bizdan uchta jamoa qatnashadi. O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi musobaqani guruh bosqichidan boshlaydi. Qolgan ikki klubimiz esa pley-off bosqichida ishtirok etadi. Hozircha "Lokomotiv" yo'llanmaga ega chiqqani ham aniq. So'nggi uchinchi yo'llanma sohibi bugun, "Bunyodkor" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng malum bo'ladi.
Kecha pley-off bosqichida O'zbekiston klublari qaysi jamoalar bilan to'qnash kelishlari haqida xabar bergan edik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar