OCHL-2020. "Al Sadd" uchun qilingan harakatlar besamar bo'ldi
27 sen 2020 21:01
Yangiliklar


OCHL-2020. "Al Sadd" uchun qilingan harakatlar besamar bo'ldi
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi "Persepolis" - "Al Sadd" (1:0) uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda Eron klubi so'nggi daqiqalarda urilgan gol tufayli chorak finalga chiqdi.
Markazlashgan tarzda o'tkazilayotgan musobaqa tashkilotchilari "Al Sadd"ga qulaylik yaratish maqsadida chorak va yarim final bahslarini yangi qurilgan "Al Janub" emas "Jassim bin Hamad" stadionida o'tkazishga qaror qilishdi. Sababi bu stadion "Al Sadd"ning uy o'yingohi hisoblanadi. Biroq Qatar klubi musobaqani tark etdi va "Al Sadd"ning uy stadionida qolgan klublar final yo'llanmasiga ega bo'lishadi.
Eslatib o'tamiz, chorak final juftliklari qura yordamida aniqlanadi. Qura 28 sentyabr (dushanba) kuni Doha shahrida Toshkent vaqti bilan soat 13:00da boshlanadi.
OCHL. Xavi boshqaruvidagi “Al Sadd” musobaqa bilan xayrlashdi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar