OCHL–2017. Ravshan Ermatov Yaponiyadagi o'yinni boshqaradi
25 may 2017 10:14
Yangiliklar
OCHL–2017. Ravshan Ermatov Yaponiyadagi o'yinni boshqaradi
Osiyo futbol konfederaciyasi OCHL–2017 turnirining SHarq mintaqasi nimchorak finali javob o'yinidan o'rin olgan “Kashima Antlers” (Yaponiya) – “Guanchjou Evergrand” (Xitoy) uchrashuviga rasmiylar tayinladi.
O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Eramatov mazkur uchrashuvda bosh hakam bo'lib ishlaydi. Unga qanotlarda odatdagidek Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi. Zaxira hakami vazifasi malayziyalik Suhayzi bin SHukriga yuklatildi.
Qatarlik Jassim Muhammad al-Hail hakamlar ishiga baho beradi. Gonkonglik CHyong Xin CHang uchrashuv komissari etib tayinlandi.
“Kashima Antlers” va “Guanchjou Evergrand” o'rtasidagi javob o'yini 30 may kuni, Ibaraki shahrida bo'lib o'tadi. Jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda “Guanchjou Evergrand” 1:0 hisobida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar