OCHL-2016. CHorak finalga 9 iyun kuni qura tashlanadi
26 may 2016 17:51
Yangiliklar
OCHL-2016. CHorak finalga 9 iyun kuni qura tashlanadi
O'zbekistonning "Lokomotiv" klubi chorak finaldagi raqibi nomini 9 iyun kuni bilib oladi.
G'arb
mintaqasida O'zbekistonning "Lokomotiv", Qatarning "Al Jayish" va BAAning
ikki klubi "Al Ayn" hamda "Al Nasr" kurashni davom ettiradi. SHarqda esa Xitoy ("SHandong Luneng", "SHanxay SIPG") va Janubiy Koreyaning ("Seul", "CHonbuk Motors") ikkitadan klubi qoldi.
Ikki
mintaqa klublari finalga qadar to'qnash kelishmaydi. SHu bois Reglamentga
ko'ra bir mamlakat klublari chorak finalda to'qnash kelishi mumkin. SHu bois
BAA klublari alohida ajratilmaydi. "Lokomotiv" chorak finalda "Al Jayish",
"Al Ayn" yoki "Al Nasr"ga qarshi o'ynaydi. "Al Nasr" "temiryo'lchilar" bilan
bir guruhdan o'rin olgandi. "Al Ayn" va "Al Jayish" "Nasaf"ning guruhidan
chiqishgandi. "Al Jayish" safida hamyurtimiz Sardor Rashidov o'ynayotganidan
xabaringiz bor.
CHorak final o'yinlari 23-24 avgust va 13-14 sentyabr kunlari bo'lib o'tadi.
Fikrlar