So’nggi yangiliklar

17:17Суперлига. "Хоразм" — "Насаф". Асосий таркиблар маълум  0 16:55"Барселона" "Аталанта" ҳужумчиси учун 50 млн евро тўлашга тайёр  0 16:35"Гавр"нинг 18 ёшли ҳужумчиси МЮга ўтади  0 16:09ЕЧЛда ҳафта футболчиси аниқланди  0 15:50Элдор Шомуродов – "Рома"да апрель ойининг энг яхши футболчиси!   20 15:22"Ўлганимда ётиб дам олиш учун кўп вақтим бўлади" — Бруну Фернандеш  1 14:58Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ёпиқ форматда йиғин ўтказади  12 14:31"Челси" ушбу мавсум илк бор титул ҳомийси либосини кийди  2 13:59Суперлига. 8-тур дисквалификациялари: "Пахтакор", "Навбаҳор" ва "Қўқон-1912" 1 нафардан йўқотишга эга  2 13:36Гвардиола Ҳусанов ҳақида: "Бошланғич таркибдаги жой ҳеч кимга кафолатланмаган"  16 13:08Гвардиола "Барселона" ҳақида: "Бундай ўйин билан стадионлар ҳеч қачон бўш қолмайди"  14 12:39Улуғбек Бакаев "Бухоро"даги фаолиятини давом эттирадими?  7 12:12"Ямаль Мессидан яхшироқ". "Барселона" собиқ футболчиси ҳайратланарли баёнот билан чиқди  16 11:46МЮ "Вулверхэмптон" голеадори учун 62,5 млн фунт тўлашга тайёр  0 11:19Франция хорижда ўйнаётган энг яхши футболчисини аниқлайди. Номзодлар ичида Мбаппедан ташқари яна кимлар бор?  14

OCHL-2015. "Bunyodkor" guruh bosqichini safardagi durang bilan boshladi Yangiliklar

OCHL-2015. "Bunyodkor" guruh bosqichini safardagi durang bilan boshladi

OCHL 1-turidan o'rin olgan "Al Nasr" - "Bunyodkor" uchrashuvining matnli translyaciyasini shu erda kuzatib boring.
"Al Nasr" (Saudiya Arabistoni) - "Bunyodkor" (O'zbekiston) 1:1 LIVE
24 fevral 2014. Ar Riyod. "Qirol Fahd" stadioni. 23664 tomoshabin
Hakamlar:
Muhammad Taqi Aljafari Bin Jahari,Gox Gek Feng Jeffrey, Li Czu Lyang, Fu CHun Xay (barchasi – Singapur)
Hakamlar eksperti:
Abdulrahmon Abdulholiq Abdulrahim Aldelavar (Bahrayn)
Uchrashuv komissari:
Abdulg'ofur Abdulhamid (Maldiv orollari)
Gollar:
Abdulloh Al Enazi 14 avtogol, - 0:1 (Rashidov). Fabian Estoyanoff 50, - 1:1 (Mierzejevski)

"Al Nasr":
22.Abdulloh Al Enazi, 4.Umar Otman, 7.Armando Vila (10.Muhammad Al Sahlavi, 65), 11.Fabian Estoyanoff, 12.Xolid Al Gamdi, 13.Muhammad Al Bishi, 14.Ibrohim G'olib, 15.Ahmad Al Fraydi (8.Yahyo Al SHehri, 85), 24.Hussayin Sulaimani, 27.Avad Al Faraj, 86.Adrian Mierzejevski (99.Hassan Al Rahib, 78).

"Bunyodkor":
45.Akbar To'raev, 2.Akmal SHorahmedov, 7.SHaker Zuagi (20.Samir Bekrich, 77), 8.Javlon Ibrohimov, 9.Sato Minori, 13.Ivan Miloshevich, 16.Artyom Filiposyan, 17.Dostonbek Hamdamov (14.Vohid SHodiev, 70), 19.Zabihillo O'rinboev (11.Mirzohid G'ofurov, 46), 21.Sardor Rashidov, 48.Akromjon Komilov.

Ogohlantirishlar:
Zuagi 15, Minori 60, Ibrohimov 75. 


# Jamoa O' YU D M UG - O'G T-N Ochk
1 Persepolis 1 1 0 0 3 - 0 3 3
2 Bunyodkor 1 0 1 0 1 - 1 0 1
3 Al Nasr
1 0 1 0 1 - 1 0 1
4 Lahviya 1 0 0 1 0 - 3 -3 0

 
                              MATNLI TRANSLYACIYA
                                         
YANGILASH

Bizni kuzatib borgan barchaga rahmat aytib qolamiz. Bugungi ikkita o'yinda klublarimiz jami 4 ochko olishdi. Ertaga 6 ochko olishga umid qilamiz. Ertagacha...

90+4. Uchrashuv yakunlandi. "Bunyodkor" OCHL guruh bosqichini safardagi durang bilan boshladi.

90. O'yinga 4 daqiqa qo'shib berildi

89.
O'yinda burchak to'plari juda ko'p bor amalga oshirildi. Hozircha 9:8 "Al Nasr" oldinda

88.
Sulaymoni chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Sahlavi boshi bilan darvozaga zarba berdi, noaniq.

85. O'zgarish. "Al Nasr".
Ahmad Al Fraydi o'rniga Yahyo Al SHehri tushdi

82. AKBAR TO'RAEV!!! Qoyil! Mirzohid G'ofurovning xatosidan so'ng Sahlavining zarbasini To'raev qaytardi!

82.
To'pni egallab turishda "Al Nasr" ustun 53-47

80.
O'yinni tomosha qilish uchun stadionga 23664 nafar tomoshabin keldi

78. O'zgarish. "Al Nasr".
Adrian Mierzejevski o'rniga Hassan Al Rahib tushdi

78.
Rashidov burchak to'pini amalga oshirdi, u to'pni to'g'ri darvozaga yo'llashga urindi, noaniq.

77. O'zgarish. "Bunyodkor". 
SHaker Zuagi o'rniga Samir Bekrich tushdi

76. Xavfli vaziyat!
"Al Nasr"ning hujumini Akbar To'raev qaytardi

75. Ogohlantirish. "Bunyodkor".
Javlon Ibrohimov

73.
Akbar To'raev jarima maydonini tark etib to'pni qaytarish chog'ida xatoga yo'l qo'ydi. Uning xatosini Akrom Komilov to'g'rilab ketdi

70. O'zgarish. "Bunyodkor".
Doston Hamdamov o'rniga Vohid SHodiev tushdi

67.
Rashidov raqib jarima maydoni ichida zarba berishga urindi, himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi. Burchak to'pi naf keltirmadi

65. O'zgarish. "Bunyodkor".
Armando Vila o'rniga Muhammad Al Sahlavi tushdi

65.
Vilaning kuchli zarbasi sal qolsa golga aylanishi mumkin edi, yaxshiyam to'p noaniq ketdi.

63.
Akmal SHorahmedov o'ng qanotdan to'pni jarima maydoniga oshirdi, Hamdamovning bosh bilan bergan zarbasi darvozaga etib bormadi

60. Ogohlantirish.
"Bunyodkor". Sato Minori

58.
Estoyanoff 22 metrlardan darvozaga zarba berdi, Akbar To'raevni yosh bola deb o'ylayaptimi u?

56. Akrom Komilov Adrianni yiqitdi. Jarima to'pini aynan Adrianning o'zi darvozaga yo'lladi, Akbar To'raev mahorat ko'rsatdi!

53. ZARBAAAAAAAAA! SATOOOOOOOOOOOOOO!
Rashidovning pasidan so'ng Minori jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyoqda darvozaga kuchli zarba yo'lladi, to'p ustun yonidan o'tib ketdi

50. GOL! 1:1! Estoyanoff! Adrian Mierzejevskining chiroyli pasidan so'ng Estoyanoff Akbar To'raev darvozasini ishg'ol qildi - 1:1.

48. Xavfli vaziyayayayayat! Akbar To'raev malades! Vila to'pni sheriklariga uzatdi, Al Fraydining zarbasidan so'ng To'raev to'pni qaytardi!

46. O'zgarish. "Bunyodkor".
Zabihillo O'rinboev o'rniga Mirzohid G'ofurov tushdi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Dastlabki bo'lim yakunlandi. Hozircha "Bunyodkor" 1:0 hisobida oldinda

45+2. ZARBAAA! Sato Minori 30 metrlardan darvozaga zarba berdi, noaniq!

45+1.
Zabihillo O'rinboev Estoyanoffning oyog'ini bosib oldi, hakam bunga etibor qaratmadi

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi

42.
Mezbonlarning hujumi, Filiposyan to'pni qaytardi. Burchak to'pidan so'ng Akbar To'raev osonlik bilan to'pga egalik qildi

39. Rashidov burchak to'pini amalga oshirdi, Abdulloh Al Enazi bu safar to'pni qaytarishga erishdi!

38.
Ivan Miloshevichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda. O'yin davom etadi

35. Stadionga kelgan o'zbekistonlik muxlislarning ham ovozi eshitilmoqda! Ular minglar muxlislar orasida yo'q bo'lib ketishmagan! Barakalla!

33.
Maydon egalari katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda, "Bunyodkor" asosan qarshi hujumda o'ynamoqda

30. "Al Nasr"ning yana bir hujumi, Adrianning kuchli zarbasidan so'ng To'raev o'zini ko'rsatdi!

28. Mezbonlar 25 metr masofadan jarima to'piga ega bo'lishdi, Estoyanoffning kuchli zarbasidan so'ng Akbar To'raev to'pni ushlab oldi!

25.
Gol rasman Abdulloh Al Enazi hisobiga avtogol sifatida qayd etildi

24. ZARBAAAAAAA! Rashidov chap qanotda to'pni o'ziga bo'ysundirib markazdagi sheriklariga to'pni oshirdi, Zabihillo O'rinboev jarima maydoni chizig'i ustidan zarba berdi, anchagina noaniq!

23.
"Al Nasr" futbolchilari navbatdagi bor burchak to'piga ega bo'lishdi, havodan uzatilayotgan barcha to'plarni himoyachilar qaytarishmoqda

19.
Hisob ochilgach mezbonlar yanada katta kuch bilan hujumga o'tishmoqda. "Bunyodkor" himoyachilari o'z o'rnida

15. Ogohlantirish.
"Bunyodkor". SHaker Zuagi

15.
Gol kimning hisobiga yozilar ekan, kutib turamiz

14. Rashidov burchak to'pini amalga oshirdi, darvozabon to'pni mushtlari bilan qaytarish chog'ida o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi - 0:1.

14.GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! GOL! GOL! GOL! 0:1

13.XAVFLI VAZIYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAYAT! Rashidovning burchakdnan oshirgan to'pini Zuagi darvozaga yo'llashga yaqin edi, Ibrohim G'olib to'pni qaytardi!

12.
Rashidov va SHorahmedov o'ng qanotda faol o'ynab hujum tashkil etishdi, burchak to'pi.

10.
Doston Hamdamov markazga yaqin joyda Al Fraydini yiqitdi, jarima to'pidan so'ng Akbar To'raev o'z ishini bajardi

8.Darvoazaga qadar 22 metr masofa bor. Estoyanoffning zarbasi jonli devorga tegib qaytdi, qaytgan to'pni Ibrohim G'olib darvozaga yo'lladi. Filiposyan to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi

7.
Minori o'z jarima maydoni yonida to'pni qo'li bilan o'ynadi. Xavfli jarima to'pi!

5.
Sato Minori o'ng qanotdan tezlik olgan Rashidovni ko'rib unga to'pni oshirdi, biroq darvozabon to'pga birinchi bo'lib etib keldi

4.
"Al Nasr" birinchi burchak to'piga ega bo'ldi, himoyachilar to'pni qaytarishdi.

3.
"Bunyodkor"ning hujumi, Akmal SHorahmedov o'ng qanotdan to'pni sheriklariga uzatishga urindi. Pas noaniq chiqdi.

2. Javlon Ibrohimov kutilmaganda xatoga yo'l qo'ydi, to'pni egallab olgan Estoyanoff darvozaga zarba berdi, noaniq!

1. O'YIN BOSHLANDI. OLG'A "BUNYODKOR"!


- Ikkala jamoa vakillari maydonga tushishga tayyorlar.

- Uchrashuv soat 22:25da boshlanadi.




Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика