So’nggi yangiliklar

08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  0 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  1 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  6 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  7 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  64 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  46 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17

OCHL 2 oldidan. "Nasaf" xalqaro o'yinlarga tayyormi? Yangiliklar

OCHL 2 oldidan. "Nasaf" xalqaro o'yinlarga tayyormi?

Kecha Osiyo chempionlar Ligasi 2 musobaqasining dastlabki mavsumiga start berildi.

Hozircha G'arb mintaqasida faqat ikkita o'yin o'tkazilgan bo'lsa, bugun boshqa uchrashuvlar bo'lib o'tadi. Mazkur turnirda Qarshining "Nasaf" klubi O'zbekiston sharafini himoya qiladi. Qarshiliklar 2023 yilgi mavsum O'zbekiston Kubogi sohibi sifatida musobaqada ishtirok etishadi. 

"Nasaf" guruhdagi ilk o'yinini bugun Kuvaytda "Kuvayt" SK jamoasiga qarshi o'tkazadi. O'yin bizning vaqt bilan 21:00da start oladi. 

Musobaqa formati haqida

Osiyo chempionlar ligasi 2 avvalgi OFK Kubogining "merosxo'ri" bo'lib, bu yildan yangi nomga ega bo'ldi. Bungacha ushbu musobaqa 20 yil davomida OFK Kubogi nomi bilan atalib keldi. Musobaqaning guruh bosqichida 32ta jamoa ishtirok etadi. Jamoalar 4tadan 8 guruhga bo'lingan. OCHL 2 klublarni ikki mintaqaga bo'lgan holda o'tkaziladi. SHunda SHarq mintqasida 16ta, G'arb mintaqasida ham 16ta jamoa kurash olib boradi. 

"Nasaf" G'arb mintaqasining "D" guruhidan joy olgan bo'lib, o'z o'yinlarini "Kuvayt SK", BAAning "SHabab Al Ahli" hamda Iordaniyaning "Al Husseyn Irbid" klublariga qarshi o'tkazadi.

Guruh o'yinlari yakuniga etgach, har bir guruhdan 2tadan jamoa keyingi bosqichga yo'l oladi. 1/8 finalda jamoalar 8ta juftlikka bo'linadi va o'yinlar uy-mehmon tarzida kechadi. Guruh o'yinlari yakuniga etganidan so'ng 12 dekabr kuni 1/8 finalga qura tashlash marosimi o'tkaziladi. 


"Nasaf"ning tayyorgarligi haqida



Ayni payt Superligada peshqadamlik qilayotgan "Nasaf" bu o'yinga yaxshi kayfiyatda etib keldi. Jamoa Superliganing oxirgi 4ta o'yinida faqat g'alaba qozonib, birorta ham gol o'tkazmadi. To'plar nisbati 7-0. Buni esa juda yaxshi ko'rsatkich desa bo'ladi.

"Nasaf" Kuvaytga Toshkent - Doha - Kuvayt yo'nalishi bo'ylab 16 sentyabr kuni etib bordi va ikki bor mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi. Kecha bo'lib o'tgan o'yindan oldingi matbuot anjumanida "Nasaf" bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev qiziq bellashuv kutayotganini bildirdi. 


"Kuvayt SK" haqida 



Bu jamoa Kuvaytning eng nomdor klublaridan biri hisoblanadi. Aytish mumkinki, "Kuvayt SK" bu Kuvaytning "Paxtakor"i - yani xalq jamoasi. "Kuvayt SK" shu paytgacha 19 marta mamlakat chempioni bo'lgan. Bundan tashqari 50dan ziyod turli sovrinlari bor. Jamoa bungacha 3 marta OFK Kubogida zafar quchgan - 2009, 2012 va 2013 yillarda.

"Kuvayt SK" mamlakatdagi eng yoshi katta jamoa hisoblanadi: 1960 yilda tashkil topgan. Jamoaning hozirgi o'yinlariga to'xtaladigan bo'lsak, "Kuvayt SK" bungacha ichki chempionatda 4ta uchrashuvda maydonga tushib, barchasida zafar quchdi. To'plar nisbati 14-1. Darvoqe bu jamoa OCHL 2 guruh bosqichida ishtirok etish uchun pley-offda Bahraynning "Al Ahli" klubidan ustun keldi.

Klub bosh murabbiyi 50 yoshli chernogoriyalik Neboysa Yovovich hisoblanadi. Qizig'i, murabbiyning ismi quloqqa ruscha "ne boysya", yani "qo'rqma" degan so'zga o'xshab eshitilarkan. Lekin qo'rqishga hojat yo'q, "Al Vihdat" Qarshiga kelib 1:5 hisobida engilganida ham jamoa bosh murabbiyi shu kishi edi. 


X.Xoliqov

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика