So’nggi yangiliklar

22:03Остон Ўрунов бир киши кам бўлиб қолган "Персеполис"ни қутқарди  4 21:45ЦСКА - "Рубин". Кимлар асосий таркибда?  6 21:40Жамшид Саидов: "Биринчи бўлимда хатоларимиз кўп бўлди"  1 21:36Виталий Левченко: "Ғалабани қўлдан чиқардик"  11 21:21"Реал" кейинги баҳсда чемпионликни нишонлашни хоҳламаяпти  5 20:55FourFourTwo рейтинги. Алонсо учинчи, Анчелотти тўртинчи ўринда  8 20:36ФИФА рейтинги. Ўзбекистон футзал жамоаси 11 ўринда  9 20:00Суперлига. "Нефтчи" "Қизилқум" билан ўйиннинг сўнгги дақиқасида ғалабани қўлдан чиқарди  53 19:45АПЛнинг бир қанча клублари Дюмфрисга қизиқиш билдирмоқда  1 19:16Франция президенти Мбаппе Олимпиадада ўйнашини хоҳламоқда  8 18:47Малайзия терма жамоаси футболчисига кислота сепилди  3 18:18"Андерлехт" "Бавария" дарвозабонига қизиқмоқда  1 17:49"Бавария" вингери машғулотларга киришди  1 16:55Бьелса Уругвай терма жамоасига ҳаваскорлар лигасидан футболчи чақирди  3 16:28Магуайр жароҳати сабаб мавсумнинг қолган қисмида майдонга туша олмайди  2

"Och bo'rilar" ovga chiqmoqda Yangiliklar

"Och bo'rilar" ovga chiqmoqda

O'zbekiston U-23 terma jamoasi Saudiya Arabistoniga qarshi bahs olib boradi.

G'olib yarim finalga chiqadi va Olimpiada yo'llanmasi sari navbatdagi qadamni tashlaydi. Mag'lub uyga qaytadi.

Uzbekistan U23

AFC U23 Asian Cup Final Stage . Quarter Finals-tur

26/04/2024, 19:00

0
:
2
Tugadi

Saudi Arabia U23

45'
90'

2 yil oldin saudiyaliklar bizni finalda mag'lub etishgandi. Bu safar imkon bermay yutish navbati bizniki. Toshkentda o'tgan o'sha finalda bugungi raqiblarimizning u paytdagi avlodi bizdan kuchli edi. Buni tan olish kerak. SHunga qaramay, 2:0 hisobida oldinda borayotgan, o'yin bo'yicha kuchli bo'lib turgan, kamiga 2 yosh katta bo'lgan saudiyaliklar qay tariqa vaqt cho'zishgani ko'pchilikning xotirasida kechagidek turgan bo'lsa kerak.

Hozirgi olimpiya terma jamoamiz futbolchilari Saudiya Arabistoniga qarshi qanday "nastroy" qilishlarini yaxshi bilaman. Ularga qo'shimcha motivaciya shart emas bu o'yinda. Raqib Saudiya ekanligining o'zi asosiy motivaciya yigitlarga.

Timur Kapadze ikkita deyarli teng tarkib yig'a oldi va har bir bahsda rotaciyaga qo'l urib kelmoqda. Bugun ham oldingi biror bahsda tushmagan 11talik tushsa ajablanmayman. Menda olimpiya terma jamoamizning Olimpiadaga chiqishiga bu qadar katta ishonch oldin bo'lmagan. Bu jamoa Parij yo'llanmasini qo'lga kiritishiga to'la ishonyapman.

Bu yigitlar maydonda och bo'ri kabi harakatlanishmoqda. Kuvaytlik hamkasbim bilan suhbatlashganimda bizning jamoa o'yinchilari haqida qoni qaynoq futbolchilar ekan dedi. Aynan shunday.


Bugun shuningdek O'zbekiston futzal terma jamoasini ham juda katta to'qnashuv kutib turibdi. Xose Venansio Lopes shogirdlari Osiyo grandi Eronga qarshi yarim final bahsida parketga chiqishadi. Murabbiyimiz biz Tailandga chempion bo'lish uchun keldik degandi. Forslarda ham biz kabi avlodlar almashuvi kuzatilmoqda. Ularga qarshi Jahon chempionati doirasidagi oxirgi o'yinimiz hamma yodida bo'lsa kerak. Mundiallar tarixidagi eng zo'r o'yinlardan biri o'tkazib berilgandi o'shanda va Eron 9:8 hisobida g'alaba qozongandi.

Futzalchilarimiz doim kurashuvchanligi bilan ajralib turishgan va bugun ham kuchli raqibga qarshi g'alaba uchun kurashish yo'lida ularga kuch-quvvat tilaymiz.

O'zbekiston U-23 terma jamoamiz va O'zbekiston futzal terma jamoasiga omad va zafar yor bo'lsin! O'zim esa Dohada olimpiyachilarimiz o'yinida bo'laman. Olg'a, O'zbekiston!

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +7   

Fikrlar

   
26 apr 20:02:12
Nasimov_13
Oq bo'rilar oq bo'rilar deysila har doim raz shunaqa ekanmiz termani o'yinlariga oq bo'ri tasviri bn banerlarmi yoki maskalarmi qilib berish kkda muhlislar uchun bu UFAga tegishli
   
26 apr 18:06:40
Unknovn Unknovn
olĝa Ózbekiston
   
26 apr 17:34:07
El-Uzbek
Jim turing shavqunlanmang Tolibjon !
   
26 apr 17:29:43
DINAMO SAMARKAND1986
Бугун Араблар химояланишга хам қийналади олга йигитлар.
   
26 apr 17:05:26
Барселона. Арсенал. Пахтакор.
Uzb-Irn катта эхтимол шу уйин голиби, мусобака чемпиони
   
26 apr 17:05:25
Диего Армандо Марадона Mexico 86
Tarixdan ma'lum,har doim eng ishongan paytimiz futbolchilarimiz qovun tushirgan.
Terma jamoamizni ham Osiyo kubogidan Qatarni yoramiz-yoramiz deb osmonga olib chiqdik.
Avvalgi Olimpiada saralashida ham Lyubinko Drulovich paytida aniq chiqamiz deb ishongandik.
O'zi Osiyoda darajamiz o'rta.
Grand emasmiz.
   
26 apr 17:00:22
Диего Армандо Марадона Mexico 86
Ozgina kamtarroq bo'laveraylik.
Oq bo'rilarni ovga chiqmasidan girdibonidan olmasin Saudia Arabistoni.
Hali hech nima yutganimiz yo'q.
Chempion bo'lsak ham mayli edi.
Chempionat tugasin avval.
   
26 apr 16:46:26
football4fans
Qizil kartochkalardan ehtiyot boʻlish kerak. Natijalarga yaxshigina taʼsir oʻtkazayapti.
   
26 apr 16:46:09
Shakespeare
Bugun sergo'sht osh. Agar yutsak kechqurunga oshdi kuchini ko'rsataman.
   
26 apr 16:38:16
bekaka
U23 ва Футзалчиларимизга омад!
Бугун кушалок галаба булиши насиб килсин.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика