"Obod". Jamoamiz tatilda

Aslanov Jasurbek
27 noya 2016, 22:13
Oliy ligada debyut mavsumini o'tkazgan jamoamiz a'zolari ayni kunlarda qishgi tatilni o'tkazmoqda.

Chempionatning so'nggi uchrashuvini "Paxtakor"ga qarshi o'tkazib, durangga erishgan "Obod" oliy ligada qolish vazifasini rasman uddalagach, futbolchilar tatilga chiqishdi.

Qishgi tatil dekabr oyining uchinchi o'n kunligiga qadar davom etadi. Hozirgi rejaga ko'ra, yangi mavsumga tayyorgarlik 19-20 dekabr kunlari boshlanadi. Dastlabki yig'in bir hafta davom etadi. Yig'inda futbolchilarning tiklanishiga e'tibor qaratiladi. Yanvar oyidan boshlab esa, tayyorgarlik kuchaytirilgan tartibda olib boriladi.

"Obod" FK matbuot xizmati


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcobod.uz