So’nggi yangiliklar

17:31Суперлига клублари қачон, қаерда йиғин ўтказишади?   0 17:23"Манчестер Юнайтед"нинг декабрь ойидаги энг яхши футболчиси маълум қилинди  0 17:03Сергей Арсланов "Сўғдиёна"да иш бошлади  1 16:39"Атлетико" президенти: "Ишончим комилки, Симеоне билан EЧЛда ғалаба қозонамиз. Нега энди йўқ? Бизда яхши жамоа бор, бироз омад етишмаяпти”  1 16:36Бешариқ туманида футбол фахрийлари ўртасида шоу учрашуви ташкил этилди  0 16:15Кес Смит "Реал"га ўтишга қарор қилди  0 15:47Индонезия терма жамоасига бош мураббий тайинланди  4 15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  6 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  3 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1

Obod bu safar ham Metallurgdan ustun keldi Yangiliklar

Obod bu safar ham Metallurgdan ustun keldi

Teglar :  ObodMetallurg
Yangi mavsumga qizg'in hozirlik ko'rayotgan Oliy liga debyutanti Obod klubi nazorat-sinov uchrashuvlariga ham jiddiy etibor qaratmoqda.

Bunday o'yinlar avvalo jamoaning o'yin amaliyotini shakllantirish, qolaversa turli taktik uslublar ustida ishlashda qo'l keladi. Bugun poytaxtliklar Obod stadionida Bekobodning Metallurg jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Keskin va murosasiz kurashlarga boy kechgan bahs bu safar ham Oliy liganing yangi vakili Obod jamoasi foydasiga hal bo'ldi – 2:0. To'plarni o'tgan mavsum jamoa to'purarlari bo'lishgan SHoxruz Norxonov hamda Alisher Azizovlar kiritishdi. SHuni takidlash kerak, mazkur jamoalar Yangi yil bayrami oldidan ham o'zaro to'qnash kelishgan. O'shanda bekobodliklarning aralash tarkibi Obodga 3-2 hisobida imkoniyatni boy bergandi. Bu safar esa Rustam Mirsodiqov shogirdlari deyarli asosiy tarkib bilan maydonga tushgan bo'lishsa-da, o'zbek futboli elitasining yangi vakili qarshisida ojiz qolishdi.

Obod - Metallurg - 2:0. Obod stadioni
Hakam: Vadim Agishev
Obod:
Dilshod Hamroev, Javlon Iskandarov, SHaxzod Abduraximov, G'ayrat Umirov, SHerzod Jalilov, Farrux SHotursunov, Sanjar To'raqulov, Alisher Mirzaev, SHoxruz Norxonov, Doniyor Hasanov, Pavel Solomin.
Zahiradan tushganlar: D.Jo'raqulov, A.Azizov, S.Baratov, J.Qahramonov, Araik Boboev, SH.Rahmatov, A.SHaripov, U.Matmusaev, SH.Majidov.
Metallurg: S.Sultonov, M.Sulaymonov, Hikmat Hoshimov, D.Odilov, M.Toshmatov, J.Isaqulov, F.Namozov, E.Isroilov, A.No'monov, Z.Abdullaev, S.Abdujabborov.
Zahiradan tushganlar: D.Karimov, M.Qahramonov.

Obod FK matbuot xizmati

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика