So’nggi yangiliklar

10:48ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон МТЖ Қирғиз Республикасига қарши кўк либосда ўйнайди  3 10:36Расман: "Истиқлол" стадионида Ўзбекистон кубоги финалига қадар бирорта ўйин ўтказилмайди  4 10:20"Реал" Холандни қандай шароитда сотиб олиши мумкинлиги маълум бўлди  3 09:41"Арсенал" футболчиси фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  3 09:00"Манчестер Юнайтед"нинг энг кўп маош олувчи футболчилари (топ-10) рейтинги тузиб чиқилди  5 08:32Футзал. Куба терма жамоаси Тошкентга етиб келди  3 08:00Мемфис Депай фаолиятини Бразилияда давом эттиради. Футболчининг қанча ишлаб олиши маълум  1 07:25Про лига. Бугун 19-турга старт берилади  1 06:10Миллатлар лигаси. Швейцария - Испания, Испанлар 10 киши бўлиб 9 та зарба беришди ва 4 та гол уришди  1 06:00Миллатлар лигаси. Португалия - Шотландия, Роналду захирадан тушиб баҳс тақдирини ҳал қилди  6 01:47Миллатлар лигаси. Роналду захирадан тушиб Португалияга ғалаба олиб келди, Испания ўн киши бўлиб меҳмонда йирик ҳисоб қайд этди, Хорватия ва Швециядан уйдаги ғалабалар  5 01:02Анасхон Раҳматов: "Терма жамоамизга Жаҳон чемпионати давомида имкон қадар ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  2 00:58"Атлетико" футболчиси жароҳати боис Аргентина терма жамоасидан Мадридга қайтади  1 00:30Хосе Венансио Лопес: "Энг муҳими хатоларга йўл қўймаслигимиз керак. Бугун 36 дақиқа давомида тартибли ўйин кўрсатдик"  2 00:05Аббосбек Файзуллаев: "Хато қилган жамоалар Жаҳон чемпионатидан қуруқ қоладиган босқич бошланди"  4

"Obod" bosh murabbiyi jamoaning oliy ligadan chetlatilganiga izoh berdi Yangiliklar

"Obod" bosh murabbiyi jamoaning oliy ligadan chetlatilganiga izoh berdi

O'tgan hafta "Obod"ni rasman oliy ligadan chetlatish borasida qaror chiqdi. Jamoa navbatdagi turni o'tkazish uchun Navoiyga borishga tayyorgarlik ko'rayotgandi.

Ammo qaror tufayli endilikda "Obod" oliy ligada ishtirok etmaydi va aytish mumkinki, jamoa tarqatib yuboriladi. Qarordan va PFLning bu boradagi poziciyasidan xabarimiz bor, xo'sh, chetlatish klubdagilarga qanday tasir qildi? Biz shu kabi savollarga javob topish maqsadida jamoa bosh murabbiyi Andrey Demchenkodan intervyu oldik. 

"Jar" stadionida "Paxtakor" o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi "Obod" uchun oxirgi o'yin bo'lib qoldi. Jamoa bu bellashuvda 2:5 hisobida mag'lub bo'ldi. Albatta, hisobning bunday ko'rinish olishiga klubning chetlatilgani ham sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Negaki yigitlarda ishtiyoq ko'rinmadi. O'yindan so'ng Demchenkoning fikrlari bilan qiziqdik. 

- Andrey Anatolevich, "Obod"ning "Paxtakor" o'rinbosarlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi jamoa uchun oxirgi o'yin bo'ldi shundaymi? 
- SHunday desa ham bo'ladi. Biz bu o'yinni oldindan rejalashtirib qo'ygandik. SHu bois o'tkazmaslikdan biror mantiq yo'q edi. To'g'ri, federaciya bizni oliy ligadan chetlatdi, biroq shunga qaramay bu o'yinda ishtirok etishni lozim topdik.

- Futbolchilar bu uchrashuvga qanday munosabatda bo'lishdi? Kimdir balki o'ynamasmiz, baribir foydasi yo'q demadimi? 
- Kim futbolni yaxshi ko'rsa, boshqa o'yinlarda bo'lganidek mazkur bahsga ham odatiy munosabatda bo'ldi. To'g'ri, yutqazdik, ammo maydonga tushgan o'yinchilarga etirozim yo'q. Jamoa chetlatilgani bilan hammasi tugagani yo'q, futbolchilar harakat qilishda davom etaverishsa kelasi yil o'zlariga yangi jamoa topishadi.

- PFL rasmiy saytida "Obod"ning chetlatilgani haqida xabar chiqqach, siz qanday vaziyatga tushdingiz va ko'nglingizdan nimalar kechdi? 
- Albatta, kayfiyat yaxshi deb bo'lmaydi, jamoani chetlashtirish bir ondayoq ro'y berdi. Bilishimcha, bizni uchta sababga ko'ra chetlatishdi. Birinchisi, badal puli to'liq to'lanmagani, ikkinchisi, klubning moliyaviy holati va licenziyalash bo'yicha kerakli hujjatlar vaqtida topshirilmagani hamda uchinchisi, jamoa ikkita shubhali o'yinda ishtirok etgan deb topildi. O'ylaymanki, bizni kelishilgan o'yinda ishtirok etdi deb aytish jamoaga nisbatan erga urishdek bo'ldi. CHunki aytishga oson, lekin isbot qani? Menimcha, jamoaning ikkinchi davrada barcha o'yinlarni yutqazayotgani hamda PFL uchun badal pullarining to'liq to'lanmagani "Obod" chetlatilishi uchun asosiy sabab bo'ldi. Men bu bilan O'FFning yangi rahbarini ayblamoqchi emasman, faqat shuni aytishim mumkin, hozirgi O'FF o'zini ko'rsatishga harakat qilyapti. Avvaliga bir hakam chetlatildi, keyin ikkinchisi, mana endi klub ham chetlatildi. Bu esa odamlarda mana federaciya ishlayapti-ku degan tasavvur uyg'otadi. Bilishimcha, badal pullari PFL hisob-raqamiga o'tkazib berilgandi, ammo tushmagan bo'lsa kerak. 

- "Obod"ning chetlatilishi jamoadagilarga qanday tasir qildi? 
- Bu eng avvalo futbolchilarga og'ir botdi. CHunki ular o'z oilalarini boqish uchun shu erda mehnat qilishayotgandi.  Fedreraciya to'g'ri qaror qabul qildimi? To'g'risini aytsam, kelishilgan o'yinlarga shaxsan o'zim qarshiman. Bu erga bu maqsadda kelmaganman. Men shu jamoaga yordam beray, yuqori o'rinlarga ko'taray degan niyat bilan Toshkentga kelgandim. Bilasizmi, futbolda ketma-ket yutqazish ko'p uchrab turadi. Masalan, "Dinamo" Batumi Gruziya chempionatining ikkita uchrashuvida bir xil 0:5 hisobida yutqazdi. Ammo jamoaga nisbatan hech qanday jazo qo'llanilgani yo'q. Bundan tashqari, Belarus chempionatida BATE "Sluck" ustidan 6:0 hisobida g'alaba qozondi. Germaniyada esa "Borussiya Dortmund" "Borussiya M"ni 6:1 hisobida mag'lub etdi. Ko'ryapsizmi, futbolda bunday natijalar uchrab turadi. Xo'p, qandaydir tashkilot bizning ikkita o'yinimizni shubhali deb xat yubordi ham deylik, ammo shuni unutmaylik, biz ikkinchi davra boshlanishiga 10 kun qolganda yig'ilib, asosan ishsiz yurgan futbolchilarni taklif etdik. Nimanidir o'zgartirishga harakat qildik, ammo birin-ketin yutqaza boshladik. O'zi jamoamiz shundoq ham kuchsiz bo'lsa, nimaga endi kelishilgan o'yin qilishimiz kerak? Bizga hech narsani isbot qilmay shunchaki chetlatib qo'ya qolishdi. Natijada bundan ko'proq futbolchilar aziyat chekadigan bo'lishdi.


- Jamoaning ikkita o'yini shubha ostiga olingani baribir og'ir botadi. Buning ustiga bu narsa tashkilot rasmiy saytida elon qilinsa. 
- Mengacha etib kelgan malumotlarga qaraganda, O'zbekiston chempionatida kelishilgan o'yinlar tez-tez ro'y berib turadi. Lekin aynan "Obod"ning chetlatilganiga kelsak, biz boshqalar oldida kimmiz? Kuchsiz, puli yo'q jamoamiz xolos. Odatda birinchi bo'lib kuchsizlar kaltak eydi degan gap bejizga aytilmagan. Biz ham shunday holatga tushib qoldik. Agar shu ishni ko'tarib yuridik tashkilotlarga murojaat qilsak, yutib chiqishimizga ishonaman. Ammo klub rahbari bu bilan shug'ullanishni istamayapti. 

- Siz TTYMI stadionida kechgan "Nasaf" va "So'g'diyona"ga qarshi bahslar "toza" o'tgan deya olasizmi? 
- Birovni ayblashdan oldin xatosini ko'rsatib isbotlash kerak bo'ladi. Jamoamizdagi o'yinchilar saviyasi unchalik yuqori emas. SHu bois ham g'alaba qozonish qiyin bo'ldi. Birinchi davrada jamoa "Lokomotiv"ga 0:7 hisobida mag'lub bo'lgandi, bu ham jamoaning bugungi kuchini ko'rsatib turibdi. Etibor bering, federaciya aynan kimnidir aybdor demayapti, shunchaki butun jamoani jazolayapti. 

- Klub ushbu qaror yuzasidan protest yozishi mumkinmi? 
- Mumkin, lekin endi bundan kimga foyda? Protest yozgandan keyin yurist olish kerak bo'ladi, qog'oz ishlari, yugur-yugur, bu bilan hech kimning shug'ullangisi kelmayapti. Qolaversa, bizda jamoani himoya qiladigan tashkilotlarga beradigan pul yo'q. SHu bois hamma qarorni boricha qabul qildi.

- Endilikda rejalaringiz qanday? 
- Yigitlar bilan xayrlashaman, hammaga rahmat aytib Ukrainaga qaytaman. Agar ishsiz qolgan futbolchilar tez orada o'zlariga yangi topishsa bundan juda xursand bo'lardim. 

- Aytaylik, sizga yana O'zbekistonda ishlash taklifi tushsa qanday yo'l tutasiz? 
- Menga Toshkent juda yoqdi va keyinchalik birorta jamoadan taklif tushsa jon deb ko'rib chiqishga tayyorman. O'zbekistonda futbol tashkiliy tomondan yaxshi yo'lga qo'yilgan va bu erga kelib ishlagan murabbiy qiynalmaydi. 


Reyting: -18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика