So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  4 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  3 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

Obod BAAda Beyjing Goan bilan durang o'ynadi Yangiliklar

Obod BAAda Beyjing Goan bilan durang o'ynadi

Teglar :  Beyjing GoanObod
Xabaringiz bor, oliy liganing yangi vakili Obod jamoasi mavsumoldi tayyorgarligining so'nggi bosqichini BAAning SHarja shahrida olib bormoqda.

Murabbiylar shtabi yig'in doirasida asosiy etiborini futbolchilarning funkcional va jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish hamda tarkibga yangi jalb etilganlarning jamoa o'yin uslubiga moslashib ketishini taminlashga qaratishgan. SHu maqsadda amirliklardagi yig'in doirasida bir qator nazorat-sinov uchrashuvlari tashkil etish ham ko'zda tutilgan.

Kuni kecha SHavkat Abduxo'jaev bosh murabbiyligidagi Obod jamoasi azolari o'zlari kabi BAAda yig'in tashkil etgan Xitoyning mashhur Beyjing Goan klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Yaxshi bilasiz, pekinliklar safida milliy terma jamoamiz azosi Egor Krimec to'p suradi. Keskin va murosasiz kurashlarga boy kechgan bahsda kuchlar teng keldi – 1:1. Obod hisobiga yozilgan to'pni esa raqib futbolchisi o'z darvozasiga kiritib qo'ydi. Uchrashuvda poytaxt jamoasi quyidagi tarkibda harakat qilishdi:

Obod – Beyjing Goan – 1:1
Obod:
Dilshod Hamroev, Xurshid G'iyosov, Javlon Iskandarov, Ilxom Komilov, SHerzod Jalilov, Javohir Qahramonov, SHoxruz Norxonov, Sanjar To'raqulov, G'ayrat Umirov, Alisher Azizov, Vladislav Nuriev.

Obod jamoasining amirliklardagi yig'ini 28 fevralda yakunlanadi. SHundan so'ng jamoa azolari Toshkentga qaytib kelishadi va O'zbekiston XXV milliy chempionatining 1-turi doirasida Qo'qon-1912ga qarshi kechadigan o'yinga tayyorgarlikni boshlaydi.


Obod FK matbuot xizmati

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика