So’nggi yangiliklar

19:2538 ёшга тўлган Лионель Месси ҳақида 38 та қизиқарли маълумот  0 19:07Норчаев, Холматов, Абдухолиқов ва бошқалар ... Суперлига 13-тур рамзий терма жамоаси  0 19:04Абрамов мантиқан ҳеч нарса йўқотмади, Зейтуллаев учун керакли ғалаба эди — Абдулазиз Искандаров таҳлили  2 18:50Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Машъал", "Сўғдиёна" – "Қизилқум". Таркиблар маълум  1 18:45Про лига. "Арал" – "Локомотив" 1:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:39"Футбол олами". "Динамо"да мавсумдаги илк мағлубият, "Навбаҳор" - ОКМК 3:0 — 13-тур ҳақида батафсил   0 18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  2 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  2 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  17 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1

Oblayor Rasulov: “Volkovning ketib qolishi meni hayron qoldirdi” Yangiliklar

Oblayor Rasulov: “Volkovning ketib qolishi meni hayron qoldirdi”

Yaqinda “SHo'rtan”da murabbiylarning o'zgarishi o'ziga yarasha shov-shuv uyg'otgani hech kimga sir emas.

Xo'sh bu borada klub rahbarining fikri qanday? “SHo'rtan”ning yangi mavsumga tayyorgarligi qay tarzda kechmoqda? SHu va boshqa savollarga javob topish maqsadida “SHo'rtan” bosh direktori Oblayor Rasulovga murojaat qildik. 

- Oblayor aka, Sizdan avvalo Aleksandr Volkov bilan yuzaga kelgan voqea haqida so'ramoqchi edim. ”SHo'rtan”da uzoq vaqt bo'lmagan bu murabbiyning ketib qolishiga nima sabab bo'lganini to'g'risi bizga Sizdan boshqa kishi aniq aytib bera olmasa kerak. SHu bois bu borada o'zingizga murojaat qilgandik?

- Hammasini bir boshidan boshlaydigan bo'lsak, gap shundaki, Aleksandr Volkovni jamoaga olib kelishdan oldin undan tashqari yana bir qator nomzodlar bor edi. Ammo biz hammasini o'ylab ko'rgach, ushbu mutaxassisga aniq taklif bilan chiqdik. Volkov bilan uchrashib, hamkorlik qilishi taklifini berganimda, u bundan xursand ekanligini bildirdi va rozilik berdi. Keyin ertasi kuni murabbiy G'uzorga etib bordi va klub qarorgohida yig'ilish o'tkazib, yangi bosh murabbiy sifatida tanishtirdik. Co'ngra Volkov ishga kirishdi 3-4 kun faoliyat yuritdi. Adashmasam 5-kuniga borib, telefon qildida to'satdan “SHo'rtan”dan ketmoqchi ekanligini aytib qoldi. Klubda ishlashni istamayotgan insonni majburlab ushlab qolishni maqul topmadim va murabbiyning qarorini qo'llab-quvvatlagan xolda, bir-birimizga omad tiladik. Aleksandr Volkov ungacha “Navbahor” variantini naqd qilib qo'ygan ekan. SHu bois biz bilan xayrlashiboq, tezda namanganliklar safiga borib qo'shildi. Bor gap shu.

- Aytingchi Volkovning ketib qolishidan so'ng aynan uning nomzodida to'xtalganingizdan afsuslandingizmi? 

- Yo'q, afsuslanmadim. Lekin murabbiyni hamma ham yaxshi niyatda olib keladi. Volkovni biz oliy liga jamoasiga taklif etgandik. Lekin u keyinchalik shunday qarorga keldi. 

- Keyin boshqaruv posti yana Zoir To'raqulovga ishonib topshirildi.

- Ha, shunday. To'raqulov mahalliy murabbiy sanaladi. Boy tajribaga ega. Ko'p yillardan buyon oliy ligada faoliyat yuritib kelmoqda. Bu yil asosiy etiborni qashqadaryolik futbolchilarga qaratganmiz. Ushbu mutaxassisga ishonishimizning boisi ham mahalliy yigitlarning imkoniyatini yaxshi biladi. 

- Olib borilayotgan selekciya ishlaridan ko'nglingiz to'lmoqdami?

- Ha, qoniqish xosil qilyapmiz. Yuqorida aytganimdek, bu yil asosiy urg'uni mahalliy futbolchilarga qaratganmiz. Murabbiylar shtabi bilan hamfikr bo'lgan xolda, futbolchilarni ko'rib chiqmoqdamiz. Mana yaqinda o'g'lim Sardorni ham jamoaga qaytardik. 

- So'nggi yillarni “Metallurg”da o'tkazib kelgan Sardor Rasulovnimi?

- Ha. Sardor mening ikkinchi o'g'lim bo'ladi. Akasi Komiljon Rasulov o'tgan yili o'zini hakamlikda sinab ko'rdi. “Metallurg” ustozi Rustam aka Mirsodiqovga minnatdorchilik bildirgan xolda, u kishidan ruhsat olib, Sardorni “SHo'rtan”ga jalb etdik. Endi u yana jamoamizga yordam beradi. 

- O'tgan yili klubda moddiy qiyinchiliklar yuzaga kelgani bor gap. Aytingchi qarzdorliklar bartaraf etildimi yoki qanchadir miqdorda qolganmi?

- Yashirmayman, qarzdorliklar qisman qolgan. Lekin chempionat startiga qadar hamma bilan to'liq hisob-kitob qilinadi. 


Islombek Rustambekov. 


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика