Oblak kecha jarohat oldi
15 sen 2019 15:30
Yangiliklar


Oblak kecha jarohat oldi
"Atletiko" posboni Yan Oblak o'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan keyin xushini yo'qotdi.
Ispaniya chempionati etakchilari San-Sebastyanda nafaqat ilk ochkolarni, balki, asosiy darvozabonini ham yo'qotdi. "Real Sosedad" ikkinchi golni urayotgan paytida himoyachi Nacho Monreal sloveniyalik posbonning boshiga qarab to'pni tepdi. SHundan keyin Oblakning boshi aylandi.
Mehmonlar uni almashtirishga majbur bo'lishdi. Uning o'rniga maydonga tushgan Antonio Adan gol o'tkazmadi. 26 yoshli Oblak ushbu mavsumda "Atletiko"ning to'rt o'yinida to'rt gol qo'yib yubordi. Hozircha Oblak borasida rasmiy malumotlar taqdim qilinmadi. Mutaxassislarning fikriga ko'ra, u keyingi turda o'yinga tushishga tayyor bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar