Oblak "Atletiko"ning rekordini o'rnatdi
16 avg 2021 08:48
Yangiliklar
Oblak "Atletiko"ning rekordini o'rnatdi
"Atletiko" darvozaboni Yan Oblak o'z ampluasida o'yinlar soni bo'yicha klub rekordini o'rnatdi.
Bu La Liga 1-tur doirasidagi "Selta" (2:1)ga qarshi o'yinda ro'y berdi.
Vigo jamoasiga qarshi o'yin Oblak uchun "matraschilar" tarkibida 304-si bo'ldi. 28 yoshli sloveniyalik Madrid klubida 303ta o'yin o'tkazgan Abel Resinoni ortda qoldirdi.
Oblak "Atletiko"da 2014 yildan beri o'ynaydi. U Madrid klubi tarkibida La Liga, Evropa Ligasi, Ispaniya Superkubogi va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi. U Samora Mukofoti (Ispaniya chempionatining mavsumdagi eng yaxshi darvozaboniga beriladi)ning 5-karra egasi hisoblanadi.
Oblak 2020/21 yilgi mavsum "Atletiko" safida barcha musobaqalarda 46ta o'yin o'tkazdi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar