So’nggi yangiliklar

02:55Париж-2024. Франция Мисрни енгиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  5 01:28"Атлетико" "Манчестер Сити" футболчиси учун 75 млн. евро таклиф қилди  0 01:11Саидазамат Мирсаидов: “Навбаҳор”га соврин ютиш учун келганман”  7 23:51Нико Уильямснинг "Барселона"га ўтишига унинг акаси қаршилик қилмоқда  2 23:10Париж-2024. Испания олимпия ўйинлари финалига чиқди  16 22:24Грузия терма жамоаси вакили "Ливерпуль"га ўтиши мумкин  2 21:54"Вест Хэм" 27 млн. еврога 31 ёшли ҳужумчи сотиб олди  1 21:23Марокаш - Испания ўйинида Илгиз Танташев алмаштирилди. Нега?  4 20:45ПСЖ 60+10 млн. еврога 19 ёшли футболчини сотиб олди  1 20:16"Барселона" Негрейрага пора бергани исобтини топмади, аммо...  10 19:59Ҳоланд: "Тез орада барчамиз энг яхши спорт формамизда бўламиз"  1 19:39ПСЖ "Айнтрахт" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 19:18"Барселона" собиқ ҳимоячиси фаолиятини А Серияда давом эттириши мумкин  2 18:57"Байер" "Ливерпуль" собиқ ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  1 18:34Ўзбекистон Кубоги. Чорак финал учрашувларида ишлайдиган расмийлар  3

Obid Hakimov: Tojikiston chempionati bizning Superligaga qaraganda kuchsizroq Yangiliklar

Obid Hakimov: Tojikiston chempionati bizning Superligaga qaraganda kuchsizroq

Bugungi kunda Tojikistonning Xo'jand jamoasi tarkibida o'zbekistonlik ikki futbolchi to'p surmoqda.

Joriy mavsumning birinchi qismini «Andijon» tarkibida o'tkazgan yarim himoyachi Obid Hakimov endilikda faoliyatini qo'shni mamlakat chempionatida davom ettirmoqda. SHuningdek, tajribali himoyachi Vusol Magerramov ham xo'jandliklar sharafini himoya qilyapti. 

Davralar oralig'ida «Xo'jand» Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazgandi. Aynan o'sha yig'in chog'ida tojikistonliklar 27 yoshli Obid Hakimov bilan kelishuvga erishishdi. Yaqinda ushbu futbolchidan undan intervyu oldik.

- Obid, Tojikiston klubiga o'tishingiz qanday amalga oshdi?

- Aslida bu taklif «Andijon»da o'ynayotgan paytimdayoq paydo bo'lgandi. Lekin o'shanda o'ylab ko'rish uchun vaqt olgandim. Bu orada agentlardan biri «Xo'jand» jamoasi va u erdagi shart-sharoitlar haqida etarlicha malumot berdi. Qolaversa, do'stim Vusol Magerramov ham «SHu klubga o'tsang, birga o'ynardik», dedi. SHundan so'ng xo'jandliklar taklifiga rozilik berdim.

- Qancha muddatga shartnoma imzoladingiz? Ko'rikdan o'tdingizmi yoki to'g'ridan-to'g'ri jamoaga qabul qilishdimi?

- SHartnoma bir yilga imzolangan. Lekin ikki tomonga ham maqul bo'lsa, kelishuv yana uzaytirilishi mumkin. Murabbiylar shtabi o'yinlarimni ko'rishgan ekan, to'g'ridan-to'g'ri shartnoma taklif qilishdi.

- «Xo'jand» klubi, uning stadioni, muxlislari, sharoitlari haqida nima deya olasiz?

- Jamoamiz bugungi kunda Tojikiston chempionatining 18-turidan so'ng 42 ochko bilan turnir jadvalida 2-o'rinni egallab turibdi. Peshqadam «Istiqlol» hisobida 45 ochko bor. Afsuski, aynan 18-turda biz «Istiqlol» mehmoni bo'lib, yutqazib qo'ydik (0:1). Aks holda, qo'shimcha ko'rsatkichlar bo'yicha karvonboshilik qilayotgan bo'lardik. CHunki to'plar nisbati bizda }22, dushanbeliklarda }17. Lekin hali kurash oldinda, chempionlik uchun oxirigacha intilamiz. Jamoa stadioni yangi qurilgan. Lekin tomoshabinlar soni bilan maqtana olmaymiz. Uydagi o'yinlarimizga 3-4 ming muxlis tashrif buyuradi. Xalqaro uchrashuvlarda esa tribunalar to'ladi. SHaroitlari o'zimizning Superliga klublari bilan teng desa ham bo'laveradi.

- Klubda siz va Vusoldan boshqa yana legionerlar bormi?

- Ukrainadan ikki, Estoniyadan bir nafar futbolchi to'p surmoqda. Besh legionerdan 4 nafari bir paytning o'zida maydonda harakat qilishi mumkin. Asosiy ishni aynan xorijlik futbolchilar qilib berishadi. Katta yuk va masuliyat bizning zimmamizga tushadi.

- Raqobatbardosh jamoa yig'ilganmi?

- Albatta. Hamma joyda bo'lgani kabi, bizda ham raqobat kuchli.

- Qaerda yashayapsizlar? Maoshlari bizdan ko'ra ko'proq to'lanadimi? Masalan, oxirgi o'ynagan klubingizdan yaxshiroqmi?

- «Xo'jand» o'z bazasiga ega emas. Bizga stadionning yonidan kvartira olib berishgan. Vusol bilan birga shu erda yashayapmiz. Mavridi kelganda, ochig'ini aytaman, «Andijon»da kattagina miqdorda ololmagan maoshlarim qolib ketdi. Agar shartnomada ko'rsatilgan pullarni berishganida, bu erga kelib o'tirmasdim. Majbur bo'lganim uchun Tojikistonda to'p sur-yapman.

- «Andijon»da qancha pulingiz qolib ketdi? Klub rahbarlari nima deyishyapti? Qarzdorlikni uzisharmikan?

- Yarim yil o'ynab, umuman maosh olganim yo'q. Faqat g'alaba qozongan o'yinlarimiz uchun mukofot puli berishgan. SHunda ham bizga bo'sh «blanka»ga, yani oppoq qog'ozga qo'l qo'ydirib olishgan. Imzo chekmasak, mukofot puli yo'q edi. Har doim aytiladigan gap - beramiz, deyishadi ke-yin «uxlatishadi». Jamoadan ketaman deganimda, «Mayli, faqat maoshlarimni oldim, deb qo'l qo'yib berasan», deyishgandi. Bu erda topayotganim «Andijon»dagidan yaxshi.

- «Andijon»ning qolgan futbolchilarida ham ayni muammo bormi?

- Xuddi shunday. Hozirgacha davom etib kelyapti.

- Siz jamoadan ketganingizga bir necha oy bo'ldi. Balki o'zgarish ro'y bergandir? Futbolchi do'stlaringiz orqali vaziyatni o'rganyapsizmi?

- Ha, gaplashib turibman. Hamon vaziyat o'zgargani yo'q.

- Maoshlaringiz bo'yicha O'zbekiston futbol associaciyasiga arz qilmadinglarmi?

- SHu paytgacha «Andijon» jamoasi futbolchilarni aldab kelgan. Kim O'FAga shikoyat xati bilan chiqsa, yakunda uning o'zi aybdor bo'lib qoladi.

- Xo'p, qarzdorlik qancha? Aniq summasini ayta olasizmi?

- Maoshim 3 million so'm edi. Jamoada yarim mavsum o'ynagan bo'lsam, biror marta maosh olmadim. Aytganimdek, faqat mukofot puli berilgan, uning ham yarmi qolib ketdi. Oxirida «Oldim, deb qo'l qo'ysang, keyin boshqa klubga ketishingga ruxsat beramiz, aks holda, yo'q», deyishdi. Pulsiz «Andijon»da yurgandan ko'ra, hammasiga rozilik berib, «Xo'jand»ga ketishga majbur bo'ldim.

- Tojikiston chempionati haqida nima deya olasiz?

- To'g'risini aytaman, chempionati bizning Superligaga qaraganda kuchsizroq. G'oliblik uchun kurash faqat ikki jamoa o'rtasida kechadi. Qolgan klublarning saviyasi deyarli bir xil. Lekin ikki peshqadamga qarshi alohida tayyorgarlik bilan maydonga tushishadi.

- Jamoa oldiga qanday vazifa qo'yilgan?

- Hozir peshqadam «Istiqlol» bilan uch ochkolik farq yuzaga kelgan. «Xo'jand» 40 yildan beri ikkinchi o'ringa ko'tarilmagan ekan. Bu yil aniq tarix yangilanadi. Hali chempionlik uchun imkoniyatimiz bor va oxirigacha kurashamiz.


Manba. "Interfutbol" gaazetasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика