Obameyyang safga qaytdi
06 okt 2018 18:40
Yangiliklar
Obameyyang safga qaytdi
"Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang "Fulxem"ga qarshi bo'ladigan bahsda maydonga tushishga tayyor.
Eslatib o'tamiz, gabonlik forvard "Karabax"ga qarshi Evropa ligasi uchrashuvida kasal bo'lgani tufayli ishtirok eta olmagan edi. Ayni damda Obameyyang o'zini yaxshi his qilmoqda.
"Fulxem" - "Arsenal" uchrashuvi 7 oktyabr kuni "Kreyven Kottej" stadionida bo'lib o'tadi.
Fikrlar