Obameyang: "Shalke"ga qarshi o'ynagandek harakat qilsak, unda "Yuventus" to'sig'idan bemalol o'tamiz"

3 mar 2015, 23:30
"Borussiya D" futbolchisi Per-Emerik Obameyang Yevropa chempionlar ligasida muvaffaqiyatli qatnashishlariga ishonishini aytib o'tdi.
"Yuventus" bilan o'yinda imkoniyatlarimiz qanday? Agarda "Shalke" bilan bo'lgan o'yindagidek o'ynasak, unda bemalol "Yuventus" to'sig'idan o'tamiz. Ana shundagina ortiqcha muammolarga duch kelmasligimiz mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Yuventus" hamda "Borussiya D" jamoalarining dastlabki o'yinida turinliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.

Manba: soccer.ru