Obameyang London derbisi haqida: “Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik”
10 dek 2019 09:48
Yangiliklar


Obameyang London derbisi haqida: “Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik”
“Arsenal” klubi hujumchisi APL 16-turidan o'rin olgan “Vest Xem”ga qarshi (3:1) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.
“Ikkinchi bo'limda yaxshi o'ynadik deb o'ylayman. G'alabadan mamnunmiz. Biz o'yin tempini ko'tarib, tezroq va ochiq hududlarda o'ynashga harakat qildik. Hammasi o'xshadi. Tanaffusda Yungberg bizga tezlik qo'shishimiz kerakligini aytdi. Qiyin bo'ldi. Ammo bizda tajribali jamoa bor va hujum qila olib, g'alaba qozonishimiga ishonamiz. Mavsumning qolgan qismida esa ushbu o'yinning ikkinchi bo'limidagi harakatlarimizdan namuna olamiz”, — deydi Obameyang.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar