Obameyang: “Biz g'alabaga chanqoqmiz va ECHLga qaytmoqchimiz”
11 mar 2019 00:13
Yangiliklar


Obameyang: “Biz g'alabaga chanqoqmiz va ECHLga qaytmoqchimiz”
“Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang “qizil iblislar” ustidan qozonilgan g'alabadan (2:0) so'ng, o'z fikrlari bilan bo'lishdi.
“Jamoa ruhiyati yuqori darajada. Mavsumni kuchli to'rtlikda yakunlash qiyinligini bilamiz. Biroq, barchasi o'z qo'limizda va biz o'zimizga ishonamiz. MYUni mag'lub etishimiz zarur edi. Biz g'alabaga chanqoqmiz va ECHLga qaytmoqchimiz. Penalti? “Tottenxem”ga qarshi o'yinda xatoga yo'l qo'yib, aniq zarba bera olmadim. Bugun esa penaltini xotirjamlik bilan aniq amalga oshirdim. Ko'p mashq qilishim kerakligini bilan. Hozir shunday ham qilyapman.”, - deydi Obameyang.
O’xshash yangiliklar
14:22
MYU va "Tottenxem" muxlislari Bilbaodagi Evropa ligasi finali oldidan San-Sebastyanda mushtlashishdi 4

Fikrlar