Obameyang: “Arsenal” rahbariyati nega hali ham yangi shartnoma imzolamaganimizning sababini yaxshi biladi”
14 iyu 2020 20:25
Yangiliklar


Obameyang: “Arsenal” rahbariyati nega hali ham yangi shartnoma imzolamaganimizning sababini yaxshi biladi”
“To'pchilar” forvardi Per-Emerik Obameyang klub bilan shartnomasi haqida gapirdi.
U bilan amaldagi kelishuv 2021 yilning yozida tugaydi.
“Yaqin orada menga taklif tushmagan, ammo klub bilan bir necha oydan buyon muzokara o'tkazmoqdamiz. Nega shu paytgacha hech narsa amalga oshirilmaganini rahbariyat yaxshi biladi.
Bu faoliyatimdagi burilish nuqtasi va to'g'risi, bu juda qiyin qaror bo'ladi. Biroq, shuni yodda tutingki, hali ham o'z tanlovimni qabul qilmaganman. Ehtimol, bu faoliyatimdagi eng muhim qaror bo'lar”, deydi 30 yoshli gabonlik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar