OAV: "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritadi
28 okt 2019 18:20
Yangiliklar


OAV: "Oltin to'p"ni Krishtianu Ronaldu qo'lga kiritadi
France Football jurnalining yilning eng yaxshi o'yinchisiga beradigan "Oltin to'p" sovrini bu yil Krishtianu Ronalduga beriladi.
Xabarlarga ko'ra, France Football vakillari Turinga tashrif buyurishgan. Ular shundan so'ng 34 yoshli futbolchining vakillari va klub sport direktori Fabio Paratichi bilan uchrashuv o'tkazishgan.
Taxmin qilinishicha, jurnalistlar o'yinchidan intervyu olishgan va Ronalduning g'olibligidan so'ng ushbu video ommaga namoyish etiladi.
G'olib 2 dekabr kuni Parijdagi "SHatle" teatrida elon qilinadi. Sovrin uchun davogarlar ro'yxatida hozircha 30 o'yinchining ismi ko'rsatilgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar