"Nyukasl"ni sotib olgan saudiyaliklar endi "Inter"ni mo'ljallab turibdi. Kelishuv milliard evroga baholanmoqda
13 okt 2021 13:34
Yangiliklar
"Nyukasl"ni sotib olgan saudiyaliklar endi "Inter"ni mo'ljallab turibdi. Kelishuv milliard evroga baholanmoqda
Saudiya Arabistoni hukumatining davlat investiciyalari fondi (PIF – Public Investment Fund) "Inter"ni sotib olmoqchi.
O'tgan hafta PIF shuningdek, PCP Capital Partners va RB Sports & Media kompaniyalari birgalikda "Nyukasl"ning yangi xo'jayiniga aylandi.
PIF vakillari "Inter"ga egalik qilayotgan xitoyliklar CHjan oilasi vakillari bilan uchrashgan. Xitoyliklar klubni bir milliard evro evaziga sotishga tayyor, deb xabar beradi Calciomercato.
Tomonlar klubni oldi-sotdisini o'tgan yili ham muhokama qilishgan, ammo o'shanda "neradzurri" xo'jaynlari bu taklifni rad etishgandi. Endilikda ularning fikri o'zgarishiga qisman Superliga loyihasining omadsizlikka uchrashi ham sabab bo'lgan.
Fikrlar