"Nyukasl"ga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni fondi "Al-Ittihod", "Al-Ahli", "Al-Nassr" va "Al-Hilol" klublari egasiga aylandi
05 iyu 2023 20:20
Yangiliklar
"Nyukasl"ga egalik qiluvchi Saudiya Arabistoni fondi "Al-Ittihod", "Al-Ahli", "Al-Nassr" va "Al-Hilol" klublari egasiga aylandi
Saudiya Arabistonining davlat investiciya fondi (DIF) kutilmaganda Saudiya chempionatining 4ta klubi egasiga aylandi.
DIF endi "Al Ittihod", "Al Nassr", "Al Hilol" va "Al Ahli" klublarining egasi hisoblanadi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati elon qildi. Ushbu fond 2022 yilning boshida "Nyukasl"ni sotib olgan edi.
Eslatib o'tamiz, DIF egalik qiladigan "Al Nassr"da jahon futboli yulduzi Krishtianu Ronaldu to'p tepadi. Fond egalik qiladigan yana bir klub tez orada Karim Benzema bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Fikrlar