“Nyukasl” – “Sautgempton”. Mussa Sissoko bexosdan hakamni urib yubordi
15 dek 2013 07:55
Yangiliklar


“Nyukasl” – “Sautgempton”. Mussa Sissoko bexosdan hakamni urib yubordi
“Nyukasl” klubi yarim himoyachisi Mussa Sissoko, Angliya chempionatining 16-turidan o'rin olgan “Sautgempton”ga qarshi o'yinda(1:1), bosh hakam Mayk Jonsni urib yubordi.
Franciyalik futbolchi, bosh hakam Mayk Jonsni o'yining 89-daqiqasida bexosdan urib yubordi va buning oqibatida hakam maydonga yiqilib tushdi.
SHifokorlar hakamga yordam berishlariga to'g'ri keldi. Ushbu uzoq to'xtalish sababli, hakam o'yinga 6 daqiqa qo'shib berdi.

Fikrlar