"Nyukasl" "Manchester Yunayted" bilan Osimxen uchun kurashadi
02 iyu 2023 15:54
Yangiliklar
"Nyukasl" "Manchester Yunayted" bilan Osimxen uchun kurashadi
"Nyukasl" "Napoli" hujumchisi Viktor Osimxen transferi uchun kurashadi.
Ingliz klubi vakillari nigeriyalik futbolchi agenti bilan aloqaga chiqqan. Futbolchi xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda. Forvard transfer narxi 130 mln funt atrofida bo'lishi kutilmoqda.
"Nyukasl" APLda 4-o'rinni egallab, ECHLga chiqqach, klub foydasi ham keskin oshgan. Yangi homiylar ham qo'shimcha mablag' kiritishga tayyor.
Fikrlar