"Nyukasl" hujumchisi "Arsenal"ga qarshi o'yinda tishini sindirib oldi
17 may 2022 19:25
Yangiliklar
"Nyukasl" hujumchisi "Arsenal"ga qarshi o'yinda tishini sindirib oldi
“Nyukasl” hujumchisi Kallum Uilson Londonning “Arsenal” klubiga qarshi o'yinda tishidan ayrildi.
Birinchi bo'limdagi epizodlaridan birida 30 yoshli angliyalik futbolchining tishi sindi. Qayd etish joiz, Uilson tezda maydonga qaytishga muvaffaq bo'ldi. Kallum gol ura olmagan bo'lsa-da, jamoasiga "to'pchilar"ni 2:0 hisobida mag'lub etishda yordam berdi.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsumda Kallum Uilson Angliya chempionatida "qirqlar" tarkibida 17 ta o'yin o'tkazib, oltita gol urgan. "Nyukasl" ayni damda turnir jadvalida 12-o'rinni egallab turibdi.
Fikrlar