"Nyukasl" Botman borasida yangi taklif tayyorladi

Alisher
8 yanv 2022, 12:40
Angliyaning "Nyukasl" klubi "Lill"ga himoyachi Sven Botmanni xarid qilish borasida ikkinchi taklifni tayyorladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, francuz klubi moliyaviy muammolarni boshdan kechirmoqda, shu sabab 48 mln evrolik taklif ularni qoniqtirishi kerak.

Eslatib o'tamiz, "Nyukasl"ning oldingi 35 mln evrolik taklifi "Lill" rahbariyati tomonidan rad etilgan edi.

Botman joriy mavsum "Lill" tarkibida Liga 1 doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano