"Nyukasl" Bellingem uchun kurashga ko'shilishni istaydi

Sherzod Nurmatov
3 fev 2023, 12:57
Yevropaning bir qator gigantlari kuzatuvida bo'lgan "Borussiya" Dortmund futbolchisi yozda yangi klubga o'tishi mumkin.

Angliyaning "Nyukasl" klubi angliyalik yarim himoyachi Jud Bellingem uchun kurashda ishtirok etishga harakat qiladi. 19 yoshli futbolchi ushbu yozda Bundesligani tark etishi kutilmoqda. Uning uchun poygada qitaning ko'plab grandlari orasida "Liverpul" va "Real" yetakchilik qilayotgani aytilmoqda.

Bellingemning Qatardagi Jahon chempionatidagi ishtiroki uning ortiq Germaniyada qola olmasligini ko'rsatdi. Manbaning ma'lum qilishicha, Bellingemning maslahatchilari PSJ va "Chelsi"ni poygadan chetlatdi. Endi "Nyukasl" ushbu raqobatda o'zini sinab ko'rmoqchi. 

"Liverpul" va "Nyukasl"ning kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida qatnasha olmaslik ehtimoli bor, bu esa Bellingemga kelajagi borasida qaror chiqarishi uchun biroz vaqt kerakligini bildiradi.

Yosh iqtidor eagsi joriy mavsum nemis klubi safida 24 ta o'yinda ishtirok etdi va 10 ta gol urib, jamoadoshlarining 4 ta goliga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: si.com